Karate bo‘yicha O‘zbekiston kubogi vaqtida murabbiy va hakamlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Sport 22:03 / 17.10.2019 100730

Ma'lum bo‘lishicha, kecha 16 oktabr kuni Toshkentda o‘tkazilayotgan musobaqa vaqtida murabbiylar va hakamlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgan. Bir necha daqiqa davom etgan janjalni ichki ishlar xodimlari tinchitgan.

Ushbu mushtlashuv tasvirlangan video xabar.uz saytida e'lon qilindi. Videoni olayotgan mobil reportyorning gapidan janjallashayotganlarning yuzlari qon bo‘lganini payqash mumkin. Kun.uz muxbiri voqea borasida ma'lumot olish uchun O‘zbekiston karate federatsiyasi bilan bog‘landi. Federatsiya xodimi voqea yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani sabab ma'lumot bera olmasligini, barcha aybdorlar aniqlangach, OAVga xabar qilinishini aytdi.

Ma'lumot uchun, bugun 17 oktabr kuni karate bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi. Endilikda o‘zbekistonlik karatechilar 2020 yil Tokioda o‘tkaziladigan olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun eronlik Shahob Sultoniy murabbiyligi ostida shug‘ullanadi.

Ko‘proq yangiliklar: