«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ: Ko‘rinmas mehnat. Samarqandlik elektr energiya xodimlar qanday ishlamoqda?

Jamiyat 10:20 / 17.10.2019 5383

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Samarqand viloyatida ham elektr energetika sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan iste'molchilarning elektr ta'minotini yanada yaxshilash borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi «2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan joriy yilda jami 340,1 km uzunlikdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlari va 169 ta transformator punktida yangi qurilish va rekonstruksiyalash ishlari bajarildi. Olib borilgan bunday amaliy harakatlar natijasida Samarqand viloyatining bir qator tuman va mahallalarida elektr energiyasini yetkazib berish yaxshilandi.

Bundan tashqari, butun respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan «Obod qishloq» hamda «Obod mahalla» davlat dasturlari asosida viloyatda  joriy yilda jami 113,5 km elektr uzatish tarmog‘i va 50 dona transformator punkti rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi.

«Faoliyatimiz kishi ko‘ziga ko‘rinmagani bilan xuddi harbiylarning vazifasiga o‘xshaydi. Chunki biz, elektr energiya sohasi xodimlari sifatida belgilangan vazifalarni ma'suliyat va tajribaga suyangan holda sidqidildan bajarishga harakat qilamiz.

Birgina misol: Samarqand shahri ko‘plab xalqaro anjuman va festivallarga mezbonlik qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, soha xodimlari faoliyatiga ham ma'suliyatli vazifalarni yuklaydiki, bo‘lib o‘tayotgan bu kabi tadbirlarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash o‘ziga xos mashaqqat talab qiladi. Joriy yil 26-30 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali o‘tishida samarqandlik elektr energiyasi xodimlarining munosib hissasi bor»,– deydi «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJ texnik direktor o‘rinbosari Eldor Mamasoliyev. Ma'lumot uchun «Sharq taronalari» festivali davomida 4 million 800 kVt elekt energiyasi sarflangan.

Kuz-qishki mavsumiga puxta hozirlik ko‘rmasdan, ijobiy natijaga erishish qiyin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi «Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019-2020 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta'mirlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat miqiyosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 0,4-110 kVli 2813,8 km uzunlikda havo elektr uzatish tarmoqlari mukammal, 755 dona transformator punkti esa to‘liq ta'mirdan chiqarildi.

Bugun joylarda tizimdagi elektr uzatish tarmoqlari va inshootlarning 50 ma'nan va jismonan eskirgan. Bu esa ayniqsa kuz qish mavsumida ko‘plab avariyalarga sabab bo‘ladi. Sizu biz charog‘on xonadonimizda o‘tirgan mahal deyarli har kuni navbatchilik qismlari qayerdadir sozlash ishlarini amalga oshirayotgan bo‘ladi. Shu sababdan ham bugungi kunda sohadagi eng dolzarb masala mavjud tarmoqlarni yangilash bo‘lib turibdi. Bu ishlarga har yili milliardlab mablag‘ sarflanmoqda.

Eskirgan tarmoqlar, hattoki namgarchilik vaqtida oddiy daraxt shoxiga tegib turgan elektr simi ham katta miqdorda energiya yo‘qotilishiga sabab bo‘lishini ko‘pchilik bilmasa kerak.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 maydagi «Samarqand shahrida 2019-2022 yillarda amalga oshiriladigan ulkan bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, joriy yilda Samarqand shahrida 10 ta ko‘chalarni rekonstruksiya-modernizatsiya qilish doirasida elektr energiya ta'minotini yaxshilash rejalashtirilgan.

Ayni kunlarda Samarqand shahrining Gulobod, Afrosiyob, U.Jo‘raqulov, Rudakiy, Ibn Sino ko‘chalari   hamda Samarqand tumanida barpo etilayotgan «Samarqand siti» atrofidagi 0,4-10 kV elektr uzatish tarmoqlari rekonstruksiya qilinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va xisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida respublika bo‘ylab elektr energiyasi iste'molini xisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan (EEIXO va NQA) tizimini keng joriy qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan ham ayni kunlarda 0,4 kV tarmoqdagi iste'molchilarning mazkur tizimga ulash ishlari bajarilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: