Dunyoning eng qimmatbaho sport brendlari ma'lum qilindi 

Sport 22:44 / 17.10.2019 33883

Bu haqda Forbes nashri xabar berdi. 

Nashr mutaxassislarining baholashicha, Nike brendining qiymati 36,8 mlrd dollarni tashkil qiladi.   

Eng qimmatbaho biznes-brendlar o‘ntaligiga AQShning kabel sport telekanali ESPN (qiymati 13 mlrd dollar), Adidas (11,2 mlrd dollar), PepsiCo kompaniyasining izotonik ichimliklari markasi Gatorade (6,7 mlrd dollar), Britaniya va Irlandiyadagi sport telekanali brendi Sky Spors (4,4 mlrd dollar), Puma (4 mlrd dollar), AQShdagi sport kiyim-boshi va poyabzali markasi Under Armour (3,5 mlrd), Mutlaq jangchilik chempionati UFC (2,4 mlrd dollar), AQShning pullik televideniye sport tarmog‘i YES Network (1,5 mlrd dollar) va Reebok (800 mln dollar) kirgan.

2019 yilda eng qimmatbaho sport voqealari brendlari reytingida amerikacha futbol bo‘yicha mavsum g‘olibi aniqlanadigan Superkubok uchrashuvi yana yetakchilik qilmoqda. Superkubok o‘tkaziladigan kunda reklama va homiylardan tushadigan hamda chiptalar va esdalik sovg‘alari sotilishidan olinadigan daromad 780 mln dollarga baholangan.

Ta'kidlash joiz, sport voqealari brendlari reytingining 4-o‘rniga Rossiyada 2018 yil o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionati qo‘yilgan. Nashr mutaxassislarining ta'kidlashicha, Rossiyada o‘tgan jahon chempionati o‘yinlarini 2014 yilgi Braziliyadagi jahon chempionatidagidan ko‘ra 27,7 foiz ko‘proq tomoshabin kuzatgan. JCh-2018’dan olingan umumiy tushum 282 mln dollarni tashkil qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: