Telegram’ni o‘zbek tiliga o‘girishda ko‘maklashish imkoniyati paydo bo‘ldi

Fan-texnika 08:08 / 16.10.2019 9973

Endi Telegram’ni o‘zbek tiliga o‘girishda ko‘maklashish imkoniyati bor.

Buning uchun rasmiy va ochiq Tarjimalar platformasiga qo‘shilish va interfeys barcha qismlarining o‘zbek tilidagi tarjimalarni taklif qilish kerak.

Ingliz yoki rus tilidan o‘zbek tiliga mukammal tarjima qila olasizmi? O‘zbek tili paketi ommaga tezroq taqdim etilishi uchun platformada taklif etilayotgan tarjimalarni tasdiqlash imkoniyatiga ega bo‘ling.

Buning uchun ushbu yo‘riqnomani puxta o‘rganib chiqish va u yerda ko‘rsatilgan profilga murojaat qilish talab etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: