O‘zbekistonda xususiy tug‘ruqxonalar tashkil etish taklif qilindi

Jamiyat 09:33 / 16.10.2019 10973

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida xususiy tug‘ruq komplekslarini tashkil etish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, aholi soni tobora ortib borayotgan vaqtda sifatli va qulay tibbiy xizmatga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda. Mamlakatda tug‘ruqlar soni yildan yilga ko‘payib bormoqda. 

“Bu quvonarli hol, albatta. Biroq tug‘ruq vaqtida tibbiy xizmatning sifat darajasi va tug‘ruq maskanlarining uzoqligi chekka viloyatlarda turli noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda”, - deyiladi murojaatda. 

Bildirilishicha, ona va bola salomatligini saqlash ustuvor ahamiyat kasb etar ekan, bu borada xususiy tug‘ruq komplekslarini tashkil etish ayni muddao hisoblanadi. Hozirda zamonaviy, qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatadigan xususiy tug‘ruq maskanlariga ehtiyoj katta.

“Shu sababli yuqoridagilarni inobatga olgan holda xususiy tug‘ruq komplekslari tashkil etilishini taklif qilamiz”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

Ko‘proq yangiliklar: