Erdo‘g‘an suriyalik kurdlar qamoqxonalardagi IShID jangarilarini ozodlikka chiqarib yuborayotganini aytdi

Foto: Umit Bektas / Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an suriyalik kurdlar mudofaa kuchlarini qamoqxonalardagi IShID jangarilarini ozodlikka chiqarib yuborayotganlikda aybladi.
"YPG hibsdagi IShID jangarilaridan muzokaralar o‘tkazishda foydalanmoqda. Ular jangarilarni qamoqxonalardan chiqara boshladi", - dedi Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an 9 oktabr kuni Suriya shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi va IShID terrorchilik guruhiga qarshi "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasi boshlanganini ma'lum qildi.
Turkiya aviatsiyasi o‘sha kuni Suriyaning Ras al-Ayn va boshqa shaharlariga zarba berdi. Keyinroq yerusti operatsiyasi boshlangani e'lon qilindi.
Mavzuga oid

18:52 / 16.10.2019
Erdo‘g‘an G‘arb davlatlarini ikkiyuzlamachilikda aybladi

17:15 / 15.10.2019
Erdo‘g‘an Turkiya Suriyaga uch million qochoqni qaytarishini aytdi

22:58 / 08.10.2019
Tramp Erdo‘g‘an 13 noyabrda AQShga tashrif buyurishi va u bilan muzokaralar olib borishini ma'lum qildi

18:48 / 01.10.2019