Britaniyada Brexit haqidagi yangiliklardan “to‘yganlar” uchun mo‘ljallangan kanal ishga tushiriladi

Jahon 20:30 / 16.10.2019 2320

Britaniyaning Sky News telekompaniyasi 17 oktyabrdan Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi haqida yangiliklar yoritilmaydigan yangi kanalni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda telekompaniya saytida ma'lum qilingan.   

Telekanal dushanbadan jumagacha soat 17 dan 22gacha faoliyat olib boradi.

“Sky News Brexit-Free (Brexit’dan xoli Sky News) – bu dadil qaror. Biz jamoatchilik fikriga oxirgi haftalar va oylar quloq tutib, tomoshabinlarimiz bunday formatdagi kanalda o‘zi uchun qimmatliroq narsa topishlarini tushundik”, deb aytgan Sky News rahbari Jon Rayli.

Kanal iqtibos keltirayotgan oxirgi so‘rovnomalarga ko‘ra, britaniyaliklarning uchdan bir qismi Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha to‘xtamayotgan bahslar sababli yangiliklar dasturini tomosha qilmay qo‘ygan. “Yangi telekanal odamlarga Brexit’dan biroz dam olishga, Vestminster va Bryussel tashqarisidagi muammolarni tinglash imkonini beradi”, deb aytgan telekompaniya rahbariyati.

Sky News’da ta'kidlanishicha, Brexit haqidagi yangiliklar asosiy kanalda yoritilishi davom etadi.

Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etishi 31 oktyabrga belgilagan. Britaniya parlamenti bosh vazir Boris Jonson 19 oktyabrgacha Yevropa Ittifoqi bilan Brexit bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, unda Bryusseldan 3 oylik muhlat so‘rashi haqidagi qonunni qabul qilgandi. Biroq Jonson Yevropa Ittifoqidan bunday narsalarni so‘rashdan ko‘ra “oqova ariqda o‘lishni” afzalroq bilishini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: