TIV Rossiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonlik muhojir haqida rasmiy ma'lumot berdi

Jamiyat 08:22 / 15.10.2019 19813

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yilning 13 oktabr kuni Leningrad oblasti Viborg tumanida cho‘pon bo‘lib ishlagan O‘zbekiston fuqarosi S.A.ning baxsiz hodisa oqibatida vafot etgani to‘g‘risida tarqalgan xabarni tasdiqladi.

Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda tergovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan hamda hamyurtimiz jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va eslatib o‘tishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda viloyati) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.

Ko‘proq yangiliklar: