Mahalladoshini tunagan hamtovoqlar qo‘lga olindi

Jamiyat 10:04 / 15.10.2019 3306

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Ayritom mahallasida yashovchi J.X. tuman IIOFMB 4-sonli IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb yozmoqda “Postda” nashri.

U uyidagi sandig‘i ichidan 1860 AQSh dollari va 2 million so‘m hamda umumiy bahosi 4 million 700 ming so‘m bo‘lgan tilla taqinchoqlari o‘g‘irlab ketilganligi to‘g‘risida xabar bergan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyat jabrlanuvchining mahalladoshi M.U. va uning jinoiy sherigi, asli Buxoro shahrida yashovchi Sh.J. tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: