Rossiyada o‘zbekistonlik muhojir buqa suzishi oqibatida halok bo‘ldi

Jamiyat 12:21 / 14.10.2019 18044

Joriy yilning 13 oktabr kuni Rossiyaning Leningrad oblasti, Viborg tumani Ganino qishlog‘ida baxsiz hodisa sodir bo‘ldi. 55 yoshli o‘zbekistonlik migrantga buqa hujum qilgan. Bu haqda 14 oktabr, dushanba kuni «Operativnoye prikritiye» yangiliklar agentligi xabar tarqatdi.

Buqa migrantni suzib, toptab tashlagan. Buqaning hujumi natijasida o‘zbekistonlik fuqaro tan jarohati olib, voqea joyida halok bo‘ldi.

Qayd etilishicha, migrant Rossiya Federatsiyasida 2018 yildan beri ishlagan. Buqa va ferma 62 yoshli ishbilarmon ayolga tegishli ekani aytiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: