O‘zbekistonda elektromopedlar bozori shakllanmoqda – FEIMA millionlar uzog‘ini yaqin qiladi

Jamiyat 13:00 / 14.10.2019 21818

Benzin narxi ko‘tariladi...yo‘lkira oshadi...taksi xizmati qimmatlaydi!

Endi bu kabi o‘y-fikrlar yoki xabarlar sizni bezovta qilmasligiga asos bor. Chunki, Toshkent shahrida FEIMA elektromopedlari sotuvi yo‘lga qo‘yildi.

Xitoyning Fangshun Engineering MChJ xorijiy korxonasi FEIMA elektromopedlari bilan O‘zbekiston bozoriga kirib keldi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali taqdimot marosimida bir necha maxsus jihozlangan elektromopedlar O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga beg‘araz hadya etildi.

Bundan tashqari, taqdimot marosimida pochta xizmati mutasaddilari FEIMA elektromopedlariga qiziqish bildirib, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdi.

To‘liq quvvatlanish uchun 4-8 soat talab etiladigan ushbu elektrmopedlar 30-150 km/soat tezlikda harakatlanishi barobarida uzog‘ingizni yaqin qiladi. Shu bilan birga mablag‘ingiz ham tejaladi. Qolaversa, bugungi kunda insoniyatning asosiy muammosiga aylangan ekologiya va atrof-muhitni toza saqlashga sezilarli hissasini qo‘shishi shubhasiz.

FEIMA elektromopedlari – bu zamonaviy transport vositasi bo‘lib, kichik hajmli mahsulotlarni tashish, yetkazib berish xizmatlarini tashkil etish, pochta xizmatlarini ko‘rsatish va umuman manzilga tez hamda soz yetib olishni istagan har qanday kishi uchun eng munosib vositadir.

Bundan tashqari, tirbandliklar kun tartibiga chiqayotgan bugungi kunda shahardagi eng munosib qatnov vositasi ham ayni elektromopedlar bo‘lishi shubhasiz. Alohida uqtirish lozimki, mazkur elektromopedlar 14 yoshdan katta bo‘lgan kishilarga mo‘ljallangan. Qolaversa, uni boshqarish uchun maxsus guvohnoma olish talab etilmaydi.

FEIMA elektromopedlari bu – sifatli, yuqori texnologiyali, qulay va kamxarj elektromobildir. FEIMA savdo belgisi o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan bo‘lib, tez orada nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda eng keng qo‘llaniladigan transport vositasi bo‘lishni, shu bilan millionlab insonlarning kundalik muammolaridan birini hal etishga hissa qo‘shishni rejalashtirmoqda.

FEIMA elektromopedlari:

  • zamonaviy dizayn;
  • yuqori texnologiya;
  • qulaylik;
  • ko‘p vazifali;
  • ekologik toza;
  • amaliy foydali demakdir.

Batafsil ma'lumot uchun:

Manzil: Yakkasaroy tumani, Sh.Rashidov ko‘chasi, 40-uy

Telefon: +99871 256-16-16

Email: info@faima.uz

Sayt: www.feima.uz

Reklama huquqi asosida

 

Ko‘proq yangiliklar: