Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi nafaqat Qarshi shahri, balki viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot muassasalari ichidagi eng yirik, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilayotgan muassasalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 421 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, shundan budjet hisobidagi 210 o‘rin va 211 o‘rinli xo‘jalik hisobida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Yurtimizda tibbiyot sohasida olib borilyotgan islohotlar tibbiyot markazda ham hayotga tatbiq etib kelinmoqda.
Xususan markazning tajribali vrachlarini malakalarini yanada oshirish maqsadida 2018 yil va 2019 yil to‘qqiz oyi mobaynida 9 nafar vrach Koreya, Rossiya, Turkiya davlatlarga malaka oshirishga yuborildi.
Bundan tashqari, 2019 yil I choragida markazimizda Rossiya federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Stavropol davlat tibbiyot universiteti tomonidan «Otorinolaringologiya, nefrologiya, travmatologiya, nevrologiya» bo‘yicha sayyor sikllar tashkil etilishi rejalashtirildi.
Markazda tegishli ixtisoslashgan tibbiy xizmatlarni, shu jumladan yuqori texnologik tibbiy yordamni olishda imtiyozli va bolalarni alohida hisobga olgan holda internet tarmog‘i orqali shifokor qabuliga masofadan elektron yozilish avtomatlashtirilgan axborot tizimi 2019 yilning oktabr oyida ishga tushirildi. Markazning maslahat poliklinikasi ro‘yxatga olishdagi tibbiy xodimlar va bemorlar bilan ishlaydigan shifokorlarning ish joylarini yuqoridagi tizimga moslashtirish maqsadida kompyuter jihozlar va termoprinterlar bilan ta'minlandi, shifokorlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimidan to‘laqonli foydalanish maqsadida lokal-xisoblash tarmoqlarini yaratildi. Elektron navbatni boshqarish tizimidan tegishli navbatga oid ma'lumotlarni bemorlarga xabar berish maqsadida axborot panellari (televizorlar) o‘rnatildi.
Toshkentning eng yirik klinikalari va chet el klinikalari bilan ishlash hamda tajriba almashish maqsadida markaz yig‘ilishlar zalida onlayn, ya'ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri videokonferensiyalar, anjumanlar, murakkab operatsiyalar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilib, tumanlardagi bemorlarga onlayn maslahatlar berish uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Germaniyaning KFV banki moliyaviy mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilayotgan «Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiyalash» loyiha doirasiga xarid qilinishi ko‘zda tutilgan 1 mln yevro qiymatlik Gollandiya «PHILIPS» firmasining «INGENIA 1,5T Omega» MRT apparati 2019 yil oktabr oyida kelishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda MRT apparati uchun mo‘ljallangan xonasida rekonstruksiya ishlari tugatilib, tayyor holatga keltirilgan. Ushbu MRT apparati o‘rnatilgandan so‘ng markaz 3 nafar vrach radiologlari bosqichma-bosqich Toshkent shahrida, keyinchalik esa Germaniyada «radiologiya-MRT» bo‘yicha o‘qishga yuborilishi rejalashtirildi.
Markaz barcha bo‘limlarida xorijiy va mahalliy fukarolar uchun 2-3 kishilik barcha qulayliklarga ega VIP palatalar va maxsus parhez taomlar tashkil etilib, hozirgi kungacha O‘zbekiston xududida asosan O‘zbekiston va chet el qo‘shma korxonalarida ishlaydigan chet el fuqarolari bir nechtasi markazda davolanib, o‘z minnatdorchiligini bildirishmoqda.
Yaqinda markaz tomonidan soha rivojida yana bir katta qadam qo‘yildi. Markaz bosh vrachi To‘lqin Rasulov va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy bo‘linmasi raisi Shoira Nabiyeva joriy yil 23-28 sentabr kunlari Rossiya federatsiyasining Stavropol shahriga Rossiya federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Stavropol davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik memorandumini tuzish maqsadida tashrif buyurdi.
Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy bo‘linmasi va Rossiya federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Stavropol davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandumning maqsadi shifokorlarning mutaxassisligi bo‘yicha malakasini oshirish jarayonida sifat samaradorligini takomillashtirish va tatbiq etish, bu borada mutaxassislarni ehtiyojiga nisbatan Stavropol davlat tibbiyot universiteti professor-pedagoglari tomonidan Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida sayyor o‘quv kurslarini o‘tkazish, shuningdek rejali ravishda bemorlarga innovatsion yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini bajarish, ilmiy-amaliy videokonferensiyalarni o‘tkazish, tibbiyot oliygohlarini bitiruvchi yoshlarni Stavropol davlat tibbiyot universitetida klinik ordinatura va magistratura yo‘nalishlarida malakasini oshirishdan iboratdir.
Mutaxassis shifokorlarni Stavropol davlat tibbiyot universitetida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Qashqadaryo viloyat xududiy bo‘linmasi, Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Rossiya federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Stavropol davlat tibbiyot universitetining olimlari hamkorligida ilmiy-amaliy konferensiyalarni hamda davra suhbatlarini o‘tkazish belgilandi. Bularning barchasi viloyat aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va samaradorligini oshirishga olib keladi.
Memorandumga asosan 2019 yil noyabr oyida markaz tomonidan xirurg-laporoskopist, qon-tomir jarrohi, yurak exokardiografiyasi va tomirlar exodoplerografiyasi bo‘yicha UTT vrachi va nevropatolog vrach mutaxassislari malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirildi.
Bardoshbek SAMAD o‘g‘li tayyorladi.