Suriyada AQSh harbiylari turk harbiylarining o‘qqa tutishiga uchradi

Jahon 22:54 / 12.10.2019 21392

Suriyaning Kobayni shahrida AQSh maxsus jangchilari turk harbiylarining o‘qqa tutishiga uchradi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi. 

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, amerikalik harbiylar o‘zini mudofaa qilish maqsadida javob o‘qini uzmoqchi bo‘lgan, biroq turk harbiylari otishmani to‘xtatgach bu fikrdan qaytishgan. 

Amerikalik harbiylarning ta'kidlashicha, Anqara AQSh harbiy kuchlarining pozitsiyalaridan xabardor bo‘lishi kerak edi. 

Keyinroq Pentagon amerikalik harbiylar turk pozitsiyalaridagi artilleriyadan o‘qqa tutishga uchraganini tasdiqlagan. Ta'kidlanishicha, hech kim jabrlanmagan.

O‘z navbatida, Turkiya mudofaa vazirligi AQSh bazasi yonidagi kurdlar pozitsiyalari o‘qqa tutilishi vaqtida bazaga talofat yetmasligi uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilganini ta'kidlagan.

Turkiya hozirda Suriya shimolida kurd otryadlari va terrorchilarga qarshi “Tinchlik manbai” deb nomlangan harbiy amaliyotni olib bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: