Qirg‘iziston fuqarosi soxta pasport yordamida O‘zbekistonga kirishga harakat qildi

O‘zbekiston 12:11 / 12.10.2019 8274

Kecha, 11 oktabr kuni, «Baymak-avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punktida Qirg‘iziston fuqarosi davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringani uchun qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston Chegara xizmati.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston fuqarosi S.F. O‘zbekistonga qarab ketayotgan bo‘lgan. Pasport nazoratidan o‘tish chog‘ida u O‘zbekiston fuqarosining xorijga chiqish pasportini taqdim etgan. U chegara naryadi tomonidan tekshirilganda, hujjat qisman qalbakilashtirilganligi aniqlandi (davlat chegarasini kesib o‘tish to‘g‘risidagi muhr izlari o‘zgartirilgan bo‘lgan).

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng, qo‘lga olingan shaxs Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmasi xodimlariga topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: