Kecha, 10 oktabr kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida maxsus sirtqi bo‘lim talabalari o‘rtasida Qur'oni Karimning «tilovat» yo‘nalishida (Qur'onni to‘g‘ri, go‘zal va ravon o‘qish - tah) «Qur'on musobaqasi» va Azon aytish musobaqasi o‘tkazildi.
Institut matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, musobaqa yakunida hakamlar hay'ati quyidagi talabalarni g‘olib deb topishgan:
Qur'on musobaqasi:
Birinchi o‘rin: O‘ktam Qurbaniyazov;
Ikkinchi o‘rin: Muzaffar Yakubov;
Uchinchi o‘rin: Jasur Panjiyev.
Azon musobaqasi:
Birinchi o‘rin: Jamoliddin Madgaziyev;
Ikkinchi o‘rin: Dilshodjon Xolxo‘jayev;
Uchinchi o‘rin: Foziljon Abdullayev.
Ma'lumot uchun, Azon aytish musobaqasi institut miqyosida uch yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.
Musobaqa so‘ngida g‘oliblar institut rahbariyati va homiylar tomonidan taqdirlangan.