Jamiyat | 12:18 / 10.10.2019
10057
3 daqiqa o‘qiladi

«O‘zavtosanoat» AJ startap-loyihalar tanlovini e'lon qiladi

Siz yoshsiz, qobiliyatlisiz va IT, E-Auto i Smart City sohalarida ko‘rsatishga arzigulik narsangiz bormi? Unda bu – o‘zingizni namoyon etishning ajoyib imkoniyati!

«O‘zavtosanoat» AJ UzAuto Market innovatsion platformasida startap-loyihalar tanlovini e'lon qiladi!

Mukofot jamg‘armasi: 60 000 000 so‘m.

Eng yaxshi uchta loyiha mualliflari quyidagilarga ega bo‘ladilar:

I o‘rin – 30 000 000 so‘m;

II o‘rin – 20 000 000 so‘m;

III o‘rin – 10 000 000 so‘m.

Tanlov shartlari mukofot mablag‘larini o‘z ixtiyoriga ko‘ra, tashkilotchilar oldida biror-bir majburiyatni zimmasiga olmay, tasarruf etish imkonini beradi.

Tanlovdagi e'tiborga olinuvchi mezonlar: ishlanmalaringiz voqeiy va tijoriy jihatdan o‘zini oqlaydigan, shuningdek potensial joriy etishga tayyor bo‘lishi lozim. Loyihalar texnologiyasi foyda va iqtisodiy samara keltirishi – xarajatlar kamayishi, jarayonlarning optimizatsiyasi va sotuvlar oshishiga olib kelishi lozim. Asosiysini unutmang: yechimlaringizni taxmin qilinayotgan samaradorlik ko‘rsatkichlariga ega biznes-mahsulot o‘ramiga qadoqlang.

Ariza topshirish uchun siz elektron anketani to‘ldirishingiz va g‘oyangizni maxsus shakl yordamida yo‘llashingiz kerak bo‘ladi. Komissiyaga o‘z loyihasining tayyor sinov namunasini taqdim qilgan tanlov ishtirokchilariga afzallik beriladi.

Barcha arizalardan 20ta eng yaxshi startap loyihalari tanlab olinadi, ularning taqdimotini mualliflar joriy yil 31 oktyabrda Toshkent shahri, Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko‘chasi, 28a-uy manzilidagi UzAuto Market innovatsion startap-platforma hududida o‘tkazishlari mumkin.

Taqdimotlar yakuniga ko‘ra, ekspert komissiyasi uchta eng chuqur o‘ylangan va istiqbolli loyihani tanlab oladi, ularning mualliflari bosh mukofotlar sohibiga aylanadilar.

Arizalar 27 oktabr, soat 24:00gacha qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, to‘laqonli UzAuto Market startap-maydonchasi – bu O‘zbekistondagi yoshlarga o‘z g‘oyalarini avtomobilsozlik uchun yangi mahsulotlar ishlanmalarida ro‘yobga chiqarish imkonini beruvchi birinchi noyob loyihadir. Maydoncha ham mamlakatimiz, ham undan tashqaridagi yoshlarni jamlab, bugungi kunda g‘oyadan biznesga sari mustaqil va chet investitsiyalarisiz yo‘l bosishga qiynalayotgan kashfiyotchilarga yordam beradi. Startap-platforma – bu ishlab chiquvchilar, ishlab chiqarish zavodlari va xaridorlar o‘rtasidagi hamkorlikning yangicha shakli bo‘lib, bevosita o‘zaro aloqa asosida amalga oshiriladi.

Innovatsion yechimlaringizni kutib qolamiz!

«O‘zavtosanoat» AJ Matbuot xizmati

Mavzuga oid