O‘zbekistonda Lada XRAY Cross avtomobilining yangilangan, uzoq kutilgan avtomat transmissiya va yangi dvigatel o‘rnatilgan modeli sotuvga chiqarildi. So‘nggi to‘rt yil ichida AvtoVAZ yangi modellar evaziga o‘zi ishlab chiqarayotgan avtomobillarida imij va sifat jihatidan ulkan o‘zgarishlarga erishdi. Biroq mukammallik uchun zamonaviy avtomat uzatmalar qutisi yetishmay turgandi.
So‘nggi chizgilar
XRAY Cross avtomobilida Yaponiyaning Jatco kompaniyasida ishlab chiqarilgan avtomat uzatmalar qutisi (CVT) paydo bo‘lguniga qadar, xaridorlarda mexanik qutidan o‘zgasini tanlash imkoniyati yo‘q edi.
XRAY Cross avtomat uzatmalar qutisining muhim xususiyati – ikki pog‘onali planetar reduktor va variatorning (pog‘onasiz uzatmalar qutisining) ulanishida. Pog‘onasiz uzatmalarni almashlab qo‘shish egiluvchan po‘lat tasma bilan ulangan ikki yoqqa suriluvchi shkivlar (g‘ildiraklar) juftligi hisobiga amalga oshiriladi, ya'ni boshqa uzatmaga ravon, siltanmasdan o‘zgaradi. Transmissiya to‘laqonli avtomat va variatorning qaysidir ma'noda gibridi bo‘lganligi sababli, AvtoVAZ komplektatsiyada oddiygina qilib AT belgisini ko‘rsatadi. Mukammal avtomat uzatmalar qutisidan (AKP) farqli o‘laroq, CVT ravonroq va jadalroq (siltanish va uzilishlarsiz) tezlanishni ta'minlaydi, ancha tejamli va shovqinsizdir.
XRAY Cross avtomati bilan birga Nissan Tiida, Nissan Qashqai, Nissan Sentra, Nissan Juke, Renault Logan, Renault Kaptur, Renault Arkana kabi avtomobillar jihozlangan, ishonchli va ko‘pga chidaydigan Nissan HR16DE (H4M) dvigateli qaytib keldi.
Renault-Nissan H4M-HR16DE dvigateli renolardagi K4M evolyutsiyasidir. Motor chakki emas, benzin tanlamaydi, gaz taqsimlash mexanizmi tizimida qo‘llanilgan zanjir yetarli darajada ishonchli bo‘lib, uning tezda cho‘zilishi va osilib qolishidan xavotir olmasa ham bo‘ladi. Gaz taqsimlash fazalarini o‘zgartirish tizimi mavjud, faza aylantirgich kiritish vali ustiga o‘rnatilgan, elektron drosselli to‘sma qopqoq qo‘llanilgan.
Ushbu motor LADA XRAY Cross avtomobilida takomillashtirilgan bo‘lib, unda taqsimlash vali o‘zgartirildi, har bir silindrga endi ikkitadan forsunka qo‘yiladi, yonilg‘i tejamkorligi oshdi, quvvat birmuncha ko‘paydi, salt aylanish kamaydi, motor Yevro 5 talablarini bajaradigan bo‘ldi va boshqa, ahamiyati kamroq o‘zgarishlar yuz berdi.
Avtomatning ishlashidan olingan taassurotlar
Avtomobilni boshqarishdan olingan dastlabki taassurotlar dvigatelning deyarli salt aylanishdan a'lo darajada tortishi va uzatmalarni almashlab qo‘shishning haddan tashqari ravonligidan iborat bo‘ldi. Agar sekin yurilsa va gaz pedali ohista bosilsa, uzatmalarning almashuvi umuman sezilmaydi, hatto ba'zida avtomobil xuddi bitta uzatmaning o‘zida ketayotgandek tuyulishi mumkin.
Yangi turdagi transmissiya uzatmalarni qo‘lda almashlab qo‘shish dastagiga taqlid qilish funksiyasiga ega bo‘lib, bu quvib o‘tish, tepalikka qarab harakatlanish, tirkamani shataklash va dvigatel bilan tormozlanishni yengillashtiradi hamda avtomobil salonida akustik shinamlikni oshiradi.
Yangi dvigatelning o‘ziga xos xususiyatlari
Yangi dvigatel va avtomat tufayli harakatlanayotgan avtomobil saloni ancha osoyishta bo‘ldi. Qisman bu CVT avtomati sozlanmalari evaziga erishilgan bo‘lib, ular natijasida hatto 110 km/soat tezlikda ham motor bor-yo‘g‘i daqiqasiga 2000 aylanish tezligida ishlaydi. Qiyoslaydigan bo‘lsak, mexanik uzatmalar qutisiga ega eski motor xuddi shu tezlikda daqiqasiga 3000 aylanish tezligida ishlaydi. Bu esa akustik shinamliklan tashqari, yonilg‘i tejamkorligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Yangi motor ajoyib elastiklik xususiyatiga ega. Bu jadal harakatlanish oqimida juda muhim bo‘lib, trassada ham, masalan, 60 km/soatdan 100 km/soatgacha tezlanishda eski dvigatelga zarracha yutqizmaydi. Bu narsa yo‘lda avtomobilning amalda o‘zini qanday tutishi haqida odatda uning harakatchanligini baholashda qo‘llanadigan soatiga 0 km dan 100 km tezlanishdan ko‘ra ko‘proq narsani bildiradi. Chunki tirband shahar yo‘llarida ushbu ko‘rsatkichning foydasi yo‘q, trassada esa hech kim tezlanish bilan joyidan qo‘zg‘almaydi.
Tashqi ko‘rinishda va salonda nima o‘zgargan?
Avtomat uzatmalar qutisi o‘rnatilgan XRAY Cross sirtdan mexanik qutili versiyasidan hech nimasi bilan farq qilmaydi. Luxe Prestige top-versiyasida ilk bor Apple CarPlay va Android Auto funksiyalari bilan – ancha zamonaviyroq media tizim paydo bo‘ldi. Bosh suyanadigan yangi qurilmada yanada yuqoriroq tiniqlik va biryo‘la ikki yoki undan ortiq qo‘l tegishiga javob qaytarish imkoniyati (multitouch) bo‘lgan ekran hamda samaraliroq o‘zaro bog‘lanish mikrofoni o‘rnatilgan.
Yana shunisi muhimki, o‘rnatilgan variator klirensga ta'sir qilmagan: «mexanika» qo‘yilgan XRAY Cross xetchbekdagi singari, xuddi o‘sha 215 mm qolgan. Harakatlanish rejimlarini tanlash shaybasi bo‘lgan Ride Select tizimi esa variatorli mashinalarda yo‘q.
Narx-navo masalasi
Ayni paytda Lada XRAY Cross narxi O‘zbekistondagi avtosalonlarda komplektatsiyasiga qarab 138 900 080 so‘mdan 159 900 080 so‘mga qadar xaridorlarga taklif etilmoqda.
To‘liq ma'lumotni savdo joylaridan olishingiz mumkin.
Avtosalonlar ro‘yxati: www.bit.ly/2lHK2j5
Rasmiy sayt: www.lada.uz
Mijozlar uchun yagona telefon raqami: +998 71 215-02-30
Reklama huquqi asosida