Zangiotadagi sex omborxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat 12:36 / 04.10.2019 5298

2019 yilning 3 oktabr kuni soat 11:26da Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Nurafshon MFY, Oxunboboyev ko‘chasida joylashgan Kvint MChJga qarashli avtomobil salonlariga rezinali gilamcha (polik) ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga yettita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga yetib borganda, ishlab chiqarish sexining faoliyati to‘xtatilgan yordamchi binosi ochiq alanga bilan yonayotganligi ma'lum bo‘lgan. 

Yong‘in soat 12:05da o‘rab olinib, 13:38da bartaraf etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan sexning 300 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida ishlab chiqarish sexi yordamchi binosining 150 kv. metr maydoni yonib zararlangan. 

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: