2018 yilning may oyida Yunusobod tumanida 37 yoshli Ibrohimjon J. 30 yoshli Fozil B.ning ishonchiga kirib, uni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishini va'da qilgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, u o‘zining "xizmatlari" uchun 15.310.000 so‘m olib, va'dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Ogoh bo‘ling! Muammongizni hal qilishini bildirgan to‘g‘ri kelgan odamga ishonmang”, - deyiladi poytaxt IIBB ma'lumotida.