Yerga qaytuvchi «Soyuz MS-12» ekipaji ularni shaftoli va xurmo bilan kutib olishni so‘radi

Jahon 00:11 / 03.10.2019 9395

Yerga 3 oktyabrda qaytadigan «Soyuz MS-12» ekipaji Markaziy harbiy okrugning qidiruv-qutqaruv guruhi harbiylaridan ularni  shaftoli va xurmo bilan kutib olishni so‘radi.

«BAAlik birinchi astronavt Hazza al-Mansuriy xurmo, rossiyalik kosmonavt Aleksey Ovchinin esa shaftoli so‘radi. Sovg‘alar an'anaviy ravishda qo‘nish joyiga birinchi bo‘lib yetib boradigan barcha Mi-8 vertolyotlari bortiga joylashtirilgan», deyilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, qo‘nishni ta'minlashga 12 ta Mi-8 vertolyoti, 4 ta An-12 va bitta An-26 samolyoti, 20 dona avtomobil va maxsus texnika, shu jumladan 4 ta amfibiya-mashina hamda asosiy tarkibning 180 ga yaqin xodimi jalb qilingan.

«Soyuz MS-12» kosmik kemasida 3 oktyabrda rossiyalik fazogir Aleksey Ovchinin, amerikalik astronavt Nik Xeyg va BAAning ilk astronavti Hazza al-Mansuriy Yerga qaytadi.

Ko‘proq yangiliklar: