Navoiyda «Qishloq qurilish invest» MChJ IK tomonidan 2018-2019 yil rejasi qay darajada bajarildi?

Jamiyat 11:31 / 03.10.2019 4880

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 yanvardagi “2018 yilda uy-joy qurilishini rivojlantirish, maqsadli dasturlarini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3480-sonli qaroriga asosan, Navoiy viloyatida 1588 ta uy-joylar qurilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunga qadar ushbu uy-joylarning barchasi foydalanishga topshirildi. Dasturning umumiy qiymati 222 101 mln.so‘m va bu reja 100 foizga bajarilgan.

“Qishloq qurilish invest” MChJ IK Navoiy viloyati filiali direktorining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sanjar Ibragimov 2018-2019 yillarda bajarilgan va bajarilayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etdi.

Qurilgan uy-joylarga nazar solsak quyidagicha manzara yuzaga keladi: 946 ta arzon uy-joylar (131 806 mln.so‘m); 308 ta 2 sotixli 3 xonali uy-joylar, 27 ta 2 qavatli va 12 ta 3 qavatli uy-joylar, 8 ta 2 qavatli 4 sotixli uy-joylar. Reja to‘la bajarilgan.

Ushbu uy-joylarning 72 tasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining   2018 yil 12 apreldagi “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi” 285-sonli qaroriga asosan uy-joylarga muhtoj xotin-qizlarga ajratilgan.

Shuningdek, quyidagi turar-joylar ham qurib bitkazilganki, ularning har biri bo‘yicha reja to‘la bajarilgan:

- 1 ta 5 qavatli 30 xonadonli Mudofaa vazirligi xizmatchilari uy-joylari (3 728 mln.so‘m);

- 1 ta 5 qavatli 30 xonadonli Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari uy-joyi (3 728 mln.so‘m);

- 1 ta 5 qavatli 30 xonadonli FVV harbiy xizmatchilari uy-joyi (3 728 mln.so‘m);

- 2 ta 5 qaatli 60 xonadonli Ichki ishlar vazirligi xodimlari uy-joyi (7 447 mln.so‘m);

- 3 ta 5 qavatli 90 xonadonli DXX xodimlari uy-joyi (11 968 mln.so‘m);

- 14 ta profilaktika inspektorlari xizmat uy-joyi (2 583 mln.so‘m);

- 343 ta 2018 yil dasturiga qo‘shimcha arzon uy-joylar (44 303 mln.so‘m), .

Jami: 1588 ta uy-joylarda 23,5 km ichimlik suvi tarmog‘i 22,4 km ichki yo‘l tarmog‘i tortilgan.

2019 yil dasturini bajarish bo‘yicha ham “Qishloq qurilish invest” MChJ IK Navoiy viloyat filiali tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi “Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4028-sonli qaroriga asosan, Navoiy viloyatida 756 ta uy-joylar (umumiy qiymati 106 701,5 mln.so‘m) qurilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunga qadar ushbu uy-joylarning 422 tasida qurilish-montaj ishlari yakunlandi.

Jumladan:

- 576 ta arzon uy-joylar (82748,6 mln.so‘m); 2 sotixli 3 xonali 144 ta uy-joylar,     4 qavatli 2 va 3 xonali 18 ta uy-joylar. 

Shundan, 4 qavatli 2 va 3 xonali 18 ta uy-joylar pudrat shartnomasiga asosan 2019 yil dekabr oyida topshirilishi belgilangan bo‘lsada, 2019 yilning sentabr oyida 12 ta uy-joylarda qurilish-montaj ishlari yakunlandi. 

Ushbu uy-joylar Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov va “Qishloq qurilish invest” MChJ IK Bosh direktori Q.Hoshimbekovning amaliy ko‘maklari bilan pudrat shartnomasida ko‘rsatilgan muddatdan oldin topshirildi. Qolgan arzon uy-joylarni ham yaqin kunlarda uy-joy egalariga topshirish choralari ko‘rilmoqda.  

Ushbu uy-joylarning 64 tasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 apreldagi “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi” 285-sonli qaroriga asosan uy-joylarga muhtoj xotin-qizlarga ajratildi.

Shuningdek viloyatda:

- 2 ta 5 qavatli 60 xonadonli Mudofaa vazirligi xizmatchilari uy-joylari (7350,3 mln.so‘m);

-1 ta 5 qavatli 30 xonadonli Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari uy-joyi (3 675 mln.so‘m);

- 1 ta 5 qaatli 30 xonadonli Ichki ishlar vazirligi xodimlari uy-joyi (3675 mln.so‘m);

- 2 ta 5 qavatli 60 xonadonli DXX xodimlari uy-joyi (9252,6 mln.so‘m);

Jami: 756 ta uy joylarda 6,585 km ichimlik suvi tarmog‘i va 7,146 km ichki yo‘l tarmog‘i tortilishi rejalashtirilgan.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: