Oqoltindagi qurilish ishlarida 1,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi

Jamiyat 15:28 / 05.08.2020 19570

«Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqoltin tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Qishloq qurilish invest» MChJ IK Sirdaryo viloyati filiali va «S.S.» MChJ mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, Oqoltin tumani «Ko‘rkam diyor» massivida 1ta ko‘p qavatli uy-joy qurilgani haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 949 mln so‘mlik qurilish-ta'mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Shu kabi, «Y.N» MChJ tomonidan massivdagi 1ta ko‘p qavatli uy-joy qurilgani haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 586 mln so‘mlik qurilish-ta'mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Qishloq qurilish invest» MChJ IK Sirdaryo viloyati filiali va «S.M.» MChJ mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, Xovos tumani «Xovos markazi» massivida 1ta ko‘p qavatli uy-joy qurilgani haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 947 mln so‘mlik qurilish-ta'mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan», deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan «Qishloq qurilish invest» MChJ IK Sirdaryo viloyati filiali mansabdor shaxslari va jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: