«ERIELL Group»: kompaniya faoliyatining geologik yo‘nalishi quduqlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda

Jamiyat 14:22 / 03.10.2019 5321

Bugungi kunda quduqlarni burg‘ilash, ko‘p qirrali ishlab chiqarish va zamonaviy sanoat keng qamrovdagi texnik uskunalar hamda texnologiyalarni taklif qilmoqda. O‘z navbatida bu to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun o‘sha texnologiyalarni tushunish, ishlata bilishni talab qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoiti va kuchli raqobat muhitida geolog mutaxassislarga kuchli talab qo‘yiladi. Sababi, butun kompaniyaning muvaffaqiyati ularning malakasi, bilimi va hatto ichki sezgilariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. 

Kompaniyaning geologiya xizmati qator funksiyalarni amalga oshirish bilan birga quduqlarni o‘zlashtirish va geologik nazoratni ham olib boradi. Bu o‘z navbatida bajarilayotgan ishlar samaradorligini oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olishni oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2017 yil 9 martda qabul qilingan PQ-2822-sonli qaroriga asosan «O‘zbekneftegaz» AJ va «ERIELL Group» kompaniyasi geologik xizmati tomonidan qator natijalarga erishildi.

Xususan, qazib olishning so‘nggi bosqichlarida bo‘lgan «Alan», «Sho‘rtan», «O‘rtabuloq» kabi konlardagi «Karbonatli Yura» qatlamining foydali qismidan qazib olish samaradorligini sutkasiga 40 mingdan 190 ming m³ gacha yetkazishga muvaffaq bo‘lingan. Shu bilan birga kondensat hajmi ham sezilarli oshdi. Ta'kidlash kerakki, bu konlarda burg‘ilash ishlari geologo-texnologik jihatdan murakkab sharoitlarda olib borilgan, plast bosimlarining pastligi tufayli burg‘ilash aralashmalari nihoyatda ko‘p sarflandi.

«Shimoliy Muborak» konining №№ 50, 51, 52 va 53 raqamli quduqlarida razvedka natijasida quyida yotuvchi gorizontlarda (XVIII gorizont) sanoat miqyosida – sutkasiga 100-150 ming m³ yuqori kondensat saqlovchi gaz olishga muvaffaq bo‘lingan.

Plastda katta hajmdagi kislota va yuqori bosim (600-700 atm.) bilan gidravlik parchalash (GRP) ishlari olib borilishi natijasida past debitli neft va gaz quduqlarida gazning sanoat oqimi olishga erishilgan. Ayniqsa «Shimoliy Girsan» konidagi №6 raqamli quduqda  sutkasiga 100 ming m³, «Ernazar» konidagi №13 raqamli quduqda sutkasiga 90 ming m³, «Talimarjon» konidagi №4 raqamli quduqda sutkasiga 71 ming m³ darajaga yetkazilgani quvonarli.

Shuningdek, «Yangi Qoratepa» konining №22, «Talimarjon» konining №11, «Nazarquduq» konining №4, «Inam» konining №75 raqamli konlarida qayta qazish ishlari olib borilishi natijasida quduqlar debiti sezilarli oshdi.

«ERIELL Group» kompaniyasi geologik xizmati va Texnik-ishlab chiqarish departamenti o‘zaro hamkorlikda past debitli quduqlarda oqimni oshirish uchun gorizontal uchastkalarda yonbosh ustunlarni kesish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Buning uchun «O‘zbekneftegaz» AJ geologik xizmati bilan birga eski konlardagi modullarda kameral ishlar bajarildi. Bundan yangi quyi qatlamlarda chuqur quduqlarda ekspluatatsiya uchun texnologik sharoit yaratish maqsadi ko‘zlangan.

Farg‘ona vodiysida ham razvedkagacha bo‘lgan ishlar boshlandi. Jumladan, «Xartum» konidagi №№ 83 va 84 raqamli quduqlarda quyi bo‘r qatlamida birinchi bor sutkasiga 20 dan 40 m³ hajmda sanoat oqimidagi neft qazib olindi. Shuningdek, «Tergachi» konidagi №25 raqamli quduqda 4750, «Xartum» konidagi №85 raqamli quduqda 4300 metr loyihaviy chuqurlikda neft-gaz zichligini aniqlash uchun burg‘ilash ishlari olib borildi.

Alohida aytib o‘tish kerak – quyi qatlamlarni yangi uslubda qazish ishlari olib borilishi natijasida quduqlar samaradorligi oldingi davrga nisbatan ancha oshdi.

«ERIELL Group» mutaxassislari tomonidan tabiiy boyliklarning aniq joylarini aniqlash, samarali qazib olishni yo‘lga qo‘yish maqsadida burg‘ilash ishlari hamisha takomillashtirib borilmoqda hamda quduqlardagi samaradorlik hajmi 90-95 foizgacha yetkazilmoqda.

«ERIELL Group» matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: