Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘i hududida tadbirkorlar uchun foydali loyihalar taklif qilinmoqda

Jamiyat 19:25 / 03.10.2019 7385

Toshkent shahri turistik salohiyatini rivojlantirish hamda turistlar va poytaxtimiz mehmonlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘i hududida investitsiya loyihalarni amalga oshirishga taklif etamiz!

Abdulla Qodiriy – o‘zbek romanchilik maktabining asoschisi, ijodiy merosi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘rganiladigan o‘zbek adabiyotining klassigi. Bugungi kunda Toshkentdagi eng katta prospektlaridan biri, shahar markazidagi metro bekati, shuningdek, poytaxtning eski shahar qismidagi istirohat bog‘i taniqli o‘zbek yozuvchisi va ma'rifatparvarining nomi bilan atalgan. 

Ayni paytda Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘i keng ko‘lamli rekonstruksiyaga muhtoj. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil avgust oyida istirohat bog‘iga tashrifi chog‘ida bu haqda ta'kidlagandi. Davlatimiz rahbari bog‘ markazida Abdulla Qodiriyning yangi haykalini o‘rnatish, bog‘ni boshqalardan ajralib turadigan qilib qurish, bu yerda adib yashagan davrni aks ettirish zarurligini ta'kidlagandi.

Shu munosabat bilan Abdulla Qodiriy nomidagi bog‘ni keng miqyosda qayta ta'mirlash haqida qaror qabul qilindi. Bog‘ o‘zbek milliy uslubida quriladi va muallifning eng mashhur romanlaridan biri «O‘tkan kunlar» yozilgan davrni aks ettirishi taxmin qilinmoqda.

Bog‘ning umumiy maydoni 16,5 gektar bo‘lib, u yerda 14 ta loyihalarga amalga oshiriladi. Shu jumladan:

  • 1-loyihada A.Qodiriyning yangi haykali, madrasa va kutubxona;
  • 2-loyihada o‘zbekona uslubidagi mehmonxona;
  • 3-loyihada umumiy ovqatlanish obektlari;
  • 4-14 loyihalarida savdo va hunarmandchilik rastalari, ustaxonalar, muzey va hokazolarni qurilishi rejalashtirilgan.

Istirohat bog‘i Toshkent shahrining eski shahar qismining o‘ziga xos davomi bo‘lish, shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi, Hazrati Imom majmuasi va Chorsu bozori bilan yagona me'moriy ansamblni tashkil qilishi rejalashtirilgan.

Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan qurilish loyihalarida ishtirok etish masalalari bo‘yicha +998 95 501 7070 va +998 71 210 0153 raqamlari yoki info@bcity.uz elektron pochtasi orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Siz bilan o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlik qilishga umid qilamiz!

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: