Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxonachilar tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.
Xususan, kuni kecha “Buxoro aeroporti” chegara bojxona postiga xorijdan uchib kelgan fuqaro F.I bojxonachilar tomonidan belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, ushbu shaxs umumiy qiymati 18,9 million so‘mlik, 6300 dona sim kartalarni mamlakatga noqonuniy tarzda olib kirishga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.