Kiyev Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostidagi Kursk oblasti hududidan Rossiyaga gumanitar yo‘lakni Moskva «rasmiy ravishda so‘rasa» yaratishga tayyor. Bu haqda 6 fevral, payshanba kuni Ukraina prezidenti devoniga tayanib, AFP agentligi xabar berdi.
Shu bilan birga, Zelenskiy ma’muriyati Rossiya tomonidan hozircha tegishli so‘rov kelib tushmaganini ta’kidladi. Ukraina Moskvani o‘z fuqarolari taqdiriga befarqlikda aybladi.
Peskov: Kursk yaqinida gumanitar yo‘lak yaratish harbiylarga bog‘liq
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kursk oblastida gumanitar koridor tashkil etilishi harbiylar aloqalarga bog‘liqligini aytgandi. Uning fikricha, buni oshkora e’lon qilib bo‘lmaydi.
2024 yil dekabr oyida Rossiya Federatsiyasining inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova Ukrainadan mintaqada gumanitar koridor yaratishni so‘radi. Ombudsman Ukraina armiyasi nazorati ostidagi hududlarda qolgan tinch aholi maqsadli insonparvarlik yordami yetkazib berilmasdan yoki isitish tizimi bo‘lmagan yerto‘lalarda yashayotganini aytdi.