SSV: Bekobodda bog‘cha bolalari bilan ro‘y bergan ovqatdan zaharlanish holati nazoratga olingan

Jamiyat 15:36 / 27.09.2019 6053

Bugun ertalab soat 8:55 dan 13:40 gacha Toshkent viloyati Bekobod shahar tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketish belgilari bilan 15 nafar bog‘cha yoshidagi bolalar olib kelingan. Ular zudlik bilan mutaxassis shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, “o‘tkir diareya” tashxisiga gumon qilinib shifoxonaga yotqizilgan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi va quyidagilarni aniqladi

Ma'lum bo‘lishicha, murojaat qiluvchilar Bekobod shahar 15-maktabgacha ta'lim muassasasining tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. 

Ayni paytda shifoxonaning malakali mutaxassislari tomonidan bemorlardan umumiy laborator tahlil namunalari olinib, tuman DSENMga yuborilgan. 

Barcha bemorlar shifokorlar tomonidan chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kerakli tavsiyalar berilgan. Bemorlarni davolash ishlari qat'iy nazoratga olinib, yetarli darajada dori-darmonlar bilan ta'minlangan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida bolalarning umumiy ahvoli yaxshilandi, shifokorlar davolash ishlarini olib bormoqda. 

Hozirda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur holat qat'iy nazorat ostiga olingan.

Bundan oldin, Bekobodda bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlangani xabar qilingandi

Ko‘proq yangiliklar: