Sergelidagi arzon uy-joylar narxi yana oshadi. Mish-mishlarda asos bormi?

Jamiyat 16:05 / 27.09.2019 19300

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergelidagi uylarning narxi yana oshishi borasidagi xabarlar tarqalmoqda. Unga qandaydir surat ham ilova qilinmoqda. “O‘zshahar qurilish invest” IK ushbu xabar asossiz ekanligi, xabarda aks etgan hujjat esa hech qanday yuridik kuchga ega emasligini Kun.uz’ga ma'lum qildi.  

“O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan 2017-2018-yillarda respublika shaharlarida jami 24 856ta xonadondan iborat 602ta uy-joylar belgilangan muddatlarda qurib bitkazilib imtiyozli ipoteka kreditlari asosida fuqarolarga foydalanishga topshirildi.

Yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan 2019 yil dasturiga muvofiq kompaniyamiz tomonidan respublika shaharlarida 7 va 9 qavatli g‘isht hamda panel tipidagi, 16 qavatli quyma temir-beton tipidagi loyihalar asosida jami 403 ta uy-joylarning qurilish-montaj ishlari olib borildi. Hozirda uy-joylarni foydalanishga topshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

 Ushbu uy-joylarning loyiha-smeta hujjatlari 2019 yil I choragida davlat ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazilib, unga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘isiz (QQSsiz) 7 qavatli uy-joylarning 1 m2 narxi o‘rtacha 3 980 000 so‘mni, 9 qavatli uy-joylarning 1m2 narxi o‘rtacha 4 100 000 so‘mni, yig‘ma temir-beton konsturksiyali (panel tipdagi) loyiha asosidagi 9 qavatli uy-joylarning 1 m2 narxi o‘rtacha 4 330 000 so‘mni, quyma temir-beton tipdagi loyiha asosidagi 16 qavatli uy-joylarning 1 m2 narxi o‘rtacha 4 160 000 so‘mni tashkil etmoqda.

 Ushbu narxlar davlat ekspertiza xulosalariga asosan bo‘lib, uy-joylarda qurilish-montaj ishlari yakunlanganidan so‘ng, haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib, xonadonlarning 1 m2 haqiqiy narxi shakllanadi. Bunda, yuqorida ko‘rsatilgan davlat ekspertiza xulosalari asosida tasdiqlangan baholardan  oshmasligini “O‘zshahar qurilish invest” IK  kafolatlaydi.

 Yuqoridagilarni inobatga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ma'lumotlarni asossiz ekanligi, aniq va ishonchli ma'lumotlarni “O‘zshahar qurilish invest” IK matbuot xizmati hamda +99895 514 50 50 ishonch raqami orqali olishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: