Huawei AQSh mahsulotlariga tobelikdan qutuldi

Fan-texnika 18:33 / 27.09.2019 12405

Xitoyning Huawei kompaniyasi AQShda ishlab chiqarilgan butlovchi qismlardan foydalanmasdan 5G bazaviy stansiyalarini barpo eta olganini va yanagi oydan ommaviy ishlab chiqarishni boshlashini e'lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Kompaniya asoschisi va prezidenti Jen Chjenfey Huawei avgust va sentyabrda muvaffaqiyatli sinovlar o‘tkazganini va Amerikada ishlab chiqarilgan besh mingga yaqin butlovchi qismlar almashtirilganini ma'lum qildi.

Kompaniya kelasi yili telekommunikatsiya qurilmalari sotishdan keladigan daromad 2,5 martaga oshishini kutmoqda.

AQSh shu yilning mayida Huawei kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: