Odnoklassniki iOS va Android platformalaridagi mobil ilovalarda videoqo‘ng‘iroq davomida fonning yo‘q bo‘lishi (yuvilib ketishi) funksiyasini ishga solgan birinchi Rossiya ijtimoiy tarmog‘i bo‘ldi. Texnologiyaning asosida ijtimoiy tarmoq doirasida ishlab chiqilgan mashinada o‘qitish va neyrotarmoqlar yotadi.
Endi guruh, masalan, hamkasblar o‘rtasidagi videoqo‘ng‘iroq davomida so‘zlashish mavzuiga mos kelmaydigan orqadagi muhitda mumkin bo‘lgan tartibsizlik yoki odamlar to‘g‘risida xavotir bo‘lmasa bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoq doirasida ishlab chiqilgan fonning yuvilib ketishi texnologiyasi asosida mashinada o‘qitish algoritmlari va rasmda obektlarning semantik segmentatsiyalanishili neyrotarmoq yotadi. Bu qo‘ng‘iroq qilayotgan kishini fondan ajratish imkonini beradi. Bunda fon xiralashib ortiqcha detallarni yashiradi.
Yangi funksiyani videoqo‘ng‘iroq davomida sozlash ilovasidagi tugmachani bir klik bilan bosish orqali ishga solish va, zarur bo‘lganda, ushbu yo‘l bilan o‘chirish mumkin. Fonni yo‘q qilishdan ham guruhli videoqo‘ng‘iroq, ham birga bir qo‘ng‘iroq davomida foydalanish mumkin.
Xuddi shunday fonni yo‘q qilish funksiyasini Microsoft kompaniyasida hozircha faqat Teams app korporativ messenjeri desktop-mijozi uchun 2018 yil sentabr oyida va Skype uchun ishga solingan.
Avval 2018 yilda OK sun'iy intellekt boshqaruvi ostidagi tovushli va videoqo‘ng‘iroqlar platformasini qayta ishga solgan. Dinamik tarzda ta'lim oluvchi neyrotarmoq rasm va tovush sifatini yaxshilash imkonini beradi: OK texnologiyasi har bir qilingan yangi qo‘ng‘iroq yordamida qayta ta'lim oladi. Bundan tashqari, OK foydalanuvchilari tovushli va videoqo‘ng‘iroqlar davomida, qo‘shimcha voqelik “niqobini” kiygan holda, 100 kishigacha guruhni qamrab oluvchi anjumanlar tashkil qilishi va muloqot qilishi mumkin.
Foydalanuvchilar qarindoshlari va yaqinlariga har qanday moslamadan: qo‘shimcha dasturiy ta'minotsiz ijtimoiy tarmoqning veb-versiyasidan hamda Android va iOS larda OK mobil ilovalari yordamida qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Foydalanuvchi bilan shaxsiy axborotlar orqali chatlardan yoki do‘stingiz profili sahifasidan ham qo‘ng‘iroq qilish mumkin
Marina Krasnova, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i rahbarining o‘rinbosari:
Fonni yo‘q qilish funksiyasi foydalanuvchilarimizga atrofdagi muhitning detallarini yashirish, masalan, intervyu, o‘qituvchi bilan videomashg‘ulotlar, shuningdek so‘zlashuv davomida hech narsa xalal bermasligi kerak bo‘lgan vaziyatlarda kerak. Biz mashinada o‘qitish algoritmlarini takomillashtirishni va foydalanuvchilarni sun'iy intellektning (SI) yangi imkoniyatlari bilan xursand qilishni davom ettiramiz.