Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xabariga ko‘ra, joriy yilning 11 sentabr kuni tezkor xodimlar tomonidan “Qoradori-2019” tadbiri o‘tkazilgan.
![](https://storage.kun.uz/source/4/AlrHhsNzwRSUasASlbIdyoMhJyuta4s2.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma'lumotida aytilishicha, tadbir davomida Teleming qishlog‘ida yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan V.N.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 1 kg. 151 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.