33 ming so‘mga bolalar uchun sifatli go‘sht olish mumkinmi? – MTV xodimi

Jamiyat 19:07 / 22.09.2019 19346

Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tizimdagi korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida maxsus seminar o‘tkazildi.

Unda vazirlik Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boshlig‘i Dilshod Normatov MTTlarga yetkazib berilayotgan sifatsiz oziq-ovqat masalalariga alohida to‘xtaldi.

«Ba'zi hollarda korrupsion holatlarning oldini olish uchun qonunchilik normalariga ham o‘zgartirish kiritish lozim deb o‘ylayman. Masalan, budjet tashkilotlariga yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining maksimum narxi hokimiyatlar tomonidan belgilab beriladi. MTTlarning esa xarid qilayotganda shu narxdan oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Endi qiziq holat: Toshkent shahri uchun go‘sht narxi 33 ming so‘m etib belgilangan. Hatto nisbatan go‘sht serob Qashqadaryoda bu me'yor - 41 ming so‘m. Toshkent shahrida go‘sht narxi qancha ekanini hamma yaxshi biladi. Endi MTT rahbarini ham tushunish zarur: agar qimmatroqqa go‘sht olsa ham, normadan oshgani uchun yana o‘zini aybdor qilamiz. 33 ming so‘mga qanaqa go‘sht yeyish mumkinligini ham tasavvur qilib ko‘rish kerak», deydi Dilshod Normatov.

MTV xodimining qo‘shimcha qilishicha, maktabgacha ta'lim tizimida sodir bo‘ladigan har qanday huquqbuzarlikning, avvalo, sodir bo‘lish spitsifikatsiyasiga alohida e'tibor berish lozim.

Ko‘proq yangiliklar: