«Opel»dagi sayohat nihoyasiga yetdi

Jamiyat 16:32 / 21.09.2019 12563

Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

 Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi qonunbuzarning uddaburonligiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

 Xorijiy fuqaro S.N. tomonidan 8 avgust kuni olib kirilgan, qiymati 60 million so‘mlik “OPeL ZAFIRA” rusumli yengil avtomashina mamlakatimiz hududida fuqaro S.Sh.ga noqonuniy tarzda sotilgani va fuqaro S.Sh. tomonidan avtomashina hech qanday tegishli hujjatlarsiz boshqarib yurilganligi aniqlandi.

 Avtomashina vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: