Energiya tejamkor uylar haqida eshitdingizmi?

Jamiyat 15:52 / 20.09.2019 14025

Aksiyadorlik tijorat «Qishloq qurilish bank» davlatimiz rahbarining «2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, amalga oshirilayotgan Davlat dasturlarida faol ishtirok etmoqda. Joriy yilda bank tomonidan 6508 ta uy-joylar qurilishi moliyalashtirilmoqda.

Ahamiyatli jihati shuki, 2019 yilda energiya tejamkor uylar ham barpo etilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi, Global Ekologik Fondi va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining «O‘zbekiston Respublikasining qishloq joylarda energiya samarador uy-joylar qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish» qo‘shma loyihasi doirasida 2019 yilda tajriba tariqasida 800 ta kam uglerodli qishloq uylari qurilishi ko‘zda tutilgan.

Bugungacha qo‘shma loyiha ijrosi uchun 1 million AQSh dollariga yaqin grant mablag‘lari ajratilib, to‘liq o‘zlashtirildi. Grant mablag‘lari, «Qishloq qurilish bank» tomonidan amalga oshirilayotgan «yashil ipoteka» dasturi doirasida, BMTning Taraqqiyot dasturi va bank o‘rtasida tuzilgan kelishuv shartnomasi asosida ajratilmoqda.

«Yashil ipoteka» atamasi uy-joy egasiga energiya tejash va issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishni ta'minlovchi qurilmalar va materiallarni sotib olish uchun, boshqacha qilib aytganda, mavjud bo‘lgan eski uyni qayta jihozlash uchun qo‘shimcha mablag‘ olishga imkon beradigan moliyalashtirishni anglatadi.

Kam uglerodli uylarda energiya tejamkor uylarda ishlatiladigan barcha turdagi energiya tejovchi yechimlardan foydalanilishidan tashqari yorug‘lik ehtiyojlarini elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun fotoelektrik quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Bunday uylarning narxi energiya tejamkor uylarga nisbatan 7 foizgacha yuqori bo‘lishi mumkin, ammo ular energiya sarfini 25,1 foizgacha kamaytirishga imkon beradi. Chunki, ular elektr tarmog‘idan mustaqil ravishda ishonchli elektr bilan ta'minlanadi.

Muhim jihati, energiya tejamkor uy narxiga qo‘shilayotgan qo‘shimcha xarajatlar uy-joy egasining hisobidan emas, balki qo‘shma loyiha doirasida ajratilayotgan grant mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Energiya tejamkor uylarda tashqi devor, shift va poydevorning issiqlik izolyatsiyasini o‘z ichiga olgan bir qator tejamkor, energiya tejovchi yechimlar qo‘llaniladi, qolaversa, isitgichlarda termostatik jo‘mrak va issiqlik reflektorlaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, ATB «Qishloq qurilish bank» va O‘zbekistondagi BMTning Taraqqiyot dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan mazkur qo‘shma loyiha qishloq aholisini atrof-muhitga zararli bo‘lmagan yashash sharoitlari bilan ta'minlashga qaratilgan. Loyihaning ustuvor maqsadi O‘zbekistonda tez rivojlanayotgan qishloq joylarida uy-joy qurilishi Dasturini issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishga imkon beradigan barqaror rivojlanish yo‘liga yo‘naltirishdir.

«Qishloq qurilish bank» – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: t.me/QQBank

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: