YuNISTRIM Uzcard kartalariga o‘tkazma uchun 10% keshbek beradi

Jamiyat 15:00 / 19.09.2019 13240

YuNISTRIM va Uzcard Banklararo to‘lov tizimi hamkorlikda aksiya o‘tkazishadi: Uzcard kartalariga o‘tkazma qilinganida 10% keshbek beriladi. Aksiya shartlariga ko‘ra, uchinchi o‘tkazmadan boshlab Uzcard kartasiga yuborgan mablag‘ingiz miqdoridan 10% keshbek qaytarib beriladi.

Aksiya 2019 yilning 16 sentyabridan 2019 yilning 15 dekabrigacha amal qiladi. Unda qatnashish uchun aksiya davrida Uzcard kartalariga YuNISTRIM xalqaro pul o‘tkazmalari orqali 500 000 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda o‘tkazma qilish lozim.

Mijozga o‘tkazmaning 10%i miqdorida keshbek qaytariladi. Ammo bu Hamkorlikdagi aksiyaning butun davrida, 3 o‘tkazmadan boshlab 300 000 so‘mdan oshmasligi kerak.

Keshbek har hafta YuNISTRIM orqali so‘nggi o‘tkazma qilinganda ko‘rsatilgan Uzcard kartasiga qaytariladi.

Hamkorlikdagi aksiya yakunlariga ko‘ra, qo‘shimcha keshbek beriladi:

2 500 000 so‘m,  1 500 000 so‘m va 1 000 000 so‘m Uzcard kartalariga eng ko‘p (o‘tkazma yoki mablag‘ miqdori jihatidan) o‘tkazma qilgan 3 nafar eng faol qatnashchiga beriladi.

Hamkorlikdagi aksiya g‘oliblariga Hamkorlikdagi aksiya davri yakunlangach 10 ish kuni ichida xabar beriladi.

Keshbek g‘oliblarga YuNISTRIM orqali so‘nggi o‘tkazma qilinganda ko‘rsatilgan Uzcard kartasiga qaytariladi.

Aksiyaning batafsil shartlari bilan havolada tanishish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: