Reklama va tadbirlar uchun ekranlar kerakmi? – «Led Star»ga marhamat!

Jamiyat 09:00 / 19.09.2019 9445

14 sentabr kuni Toshkentning Wyndham mehmonxonasida Xitoyning svetodiod modullar ishlab chiqaruvchi Qiangli Jucai Display Technology kompaniyasi o‘zining O‘zbekistondagi rasmiy dileri va svetodiod ekranlar ishlab chiqaruvchi Led Star Service kompaniyasi bilan birgalikda mahsulotlari taqdimotini o‘tkazdi.

Tadbir tashkilotchisi va moderatori Abdulaziz Yunusov ta'kidlaganidek, konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad – qatnashchilarga Qiangli modullari bo‘yicha batafsil ma'lumot berib, O‘zbekistonda Led Star Service kompaniyasining LED ekranlari yo‘nalishida dilerlar tarmog‘ini yanada kengaytirish bo‘ldi.

Jou De Xua, Qiangli Jucai kompaniyasi savdo masalalari bo‘yicha direktori: «Avvalambor meni va hamkasblarimni taklif qilib, ushbu konferensiyani tashkil qilgan Led Star kompaniyasiga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Men 20 yildan beri Qiangli kompaniyasida ishlayman, o‘z ishimni sevaman. Biz ishlab chiqargan mahsulotimiz bilan O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyoda yaxshi nom qoldirmoqchimiz. Bizning kompaniya o‘z mahsulotlari bilan reklama, shahar qurilishi, transport aloqasi, mehmonxona, har bir restoran va ommaviy maskanlar, majlis zallarida O‘zbekistonga innovatsion texnologiya kiritishga hissa qo‘shadi degan umiddaman».

Led Star Service direktori Shaxzod Abdullayev takdimot qatnashchilarini qutlab, ikki kompaniya hamkorligi haqida gapirar ekan: «Mana ko‘p yildirki, Led Star ekranlari O‘zbekistonning har bir hududida yaxshi tanish. Ko‘cha va chorrahalarda, bino va tashkilotlarda Vatanimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, reklama bozorining keskin rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Xitoylik do‘stlarimiz bilan tashkil etgan ushbu qo‘shma taqdimotimiz – ikki kompaniya orasidagi uzoq yillik keng qamrovli hamkorlik va o‘zaro ishonch mevasi. O‘ylaymizki, tadbirimiz natijasida Qiangli va Led Star nomlari yana tanilib, mahalliy hamkorlarimiz tarmog‘i yanada kengayadi» - dedi.

Qiangli Jucai kompaniyasining savdo aloqalari bo‘yicha menejyeri Chen Shyaon Ying qayd etishicha, 2004 yilda tashkil etilgan kompaniya LED ekranlar uchun yuqori texnologiyali modullar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, o‘z mahsulotlarini dunyoning 60ta davlatiga eksport qiladi. Ishlab chiqarish maydoni 80,000 m² bo‘lgan va 2,000 ishchi-xizmatchi faoliyat yuritadigan kompaniyada oyiga 5.5 million LED modul ishlab chiqariladi. Oylik ishlab chiqarish hajmi deyarli 35 mln AQSh dollariga teng.

O‘z navbatida Qiangli Juncai kompaniyaning O‘zbekistondagi rasmiy dileri Led Star Service, ushbu svetodiod modullar asosida har xil o‘lchamdagi LED ekranlar ishlab chiqaradi. Kompaniya mahsulotlari yuqori sifatga ega bo‘lib, o‘lkamizning issiq va sovuq iqlim sharoitiga chidamliligi, ko‘rsatish sifati barcha standartlariga javob berishi, hamda elektr energiya tejamkorligi bilan ajralib turadi.

Shu bilan birga, LED Star Service media reklama bozori uchun sifat standartlariga javob bera oladigan quyidagi mahsulotlarni ham yetkazib beradi:

  • Har qanday murakkablikdagi mediafasad;
  • Katta hajm va turli shakldagi rangli/chiroqli harflar;
  • Egiluvchan neonli rangli peshtaxtalar;
  • City formatidagi obektlar;
  • Hajmli video-harflar;
  • LED axborot taxtalari va panellari;
  • Ular uchun qalayli yoki alyuminiyli qutilar;
  • Ko‘chma LED modulli boshqaruv tizimli ekranlar;
  • Katta o‘lchamli ekranlar uchun pishiq metall konstruksiyalar.

Shuni ta'kidlash joizki, LED Star kompaniyacining LED ekranlari va peshtaxtalari bugungi kunda O‘zbekiston bo‘ylab keng miqyosda foydalanib kelinmoqda. Jumladan, kompaniya tomonidan yetkazib berilgan LED ekranlari yirik savdo markazlari, avtosalonlar, vokzallar, chorrahalar va yo‘l yoqalari, turli ahamiyatdagi binolarga o‘rnatilgan. Shu bilan birga, monitorlar va ekranlarni ijaraga berish amaliyoti tantanalar hamda rasmiy marosimlar tashkilotchilarining og‘irini yengil qiladi.

Kompaniya mijozlarining aksariyati tashqi reklama agentliklari bo‘lgani sababli hozirga kelib, Led Star Service kompaniyasi poytaxtning eng serqatnov chorrahalarida bir nechta LED ekranli media-taxtalarga ham ega. Ularda yirik korxonalar va tashkilotlarning reklama roliklari namoyish qilinmoqda.

Bugungi kunda reklama roliklari, e'lonlarini targ‘ib qilish va har xil formatdagi tadbirlarni yoritish uchun butun dunyoda keng miqyosda foydalanilayotgan texnologiya, – bu shubhasiz, LED ekranlaridir. Ularning vositasida nafaqat mahsulot yoxud xizmatni reklama qilsa bo‘ladi, balki biznes haqida ma'lumotlar taqdim etish, tadbirlarni o‘tkazish ham yanada qulay.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasi, Langar 9-uy.

Sayt: www.ledstar.uz

E-mail: info@ledstar.uz

Telefonlar: (+998 97) 3213333, (+998 55) 5013333

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: