Samarqanddagi ommaviy zaharlanish yuzasidan mutasaddi organlar rasmiy ma'lumot bildirdi

Jamiyat 09:37 / 17.09.2019 21341

«Samarqand shahridagi to‘yxonalardan birida ommaviy zaharlanish ro‘y bergan» xabari bo‘yicha Samarqand shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi quyidagilarni ma'lum qiladi, deb xabar bermoqda Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati:

«Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2019 yil 16 sentabr kuni soat 16:10 dan soat 18:30 ga qadar turli xonadonlarda yashovchi 7 nafar fuqarolar bir xil klinik belgilar: ko‘ngil aynish, qayt qilish, bosh og‘rig‘i, qorin sohasida og‘riq, 4-5 marta ich ketish, tana haroratining yuqoriligi, holsizlik bilan murojaat qilishgan va ularga shifoxonada ovqat toksikoinfeksiyasi yengil va o‘rta og‘ir darajasi tashxisi qo‘yilib shifoxonaga yotqizilgan.

Barcha bemorlarning umumiy ahvoli ijobiy, doimiy vrach nazoratida.

Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi DSENM ma'lumotini e'lon qilgan Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Voqea yuzasidan Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ham rasmiy ma'lumot e'lon qildi:

«Dastlabki ma'lumotlar qaraganda, Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joriy yilning 16 sentabr kuni soat 16:10 dan soat 18:30 ga qadar turli xonadonlarda yashovchi 7 nafar fuqarolar bir xil klinik belgilar (ko‘ngil aynish, qayt qilish, bosh og‘rig‘i, qorin sohasida og‘riq, 4–5 marta ich ketish, tana haroratining yuqoriligi, holsizlik) bilan murojaat qilishgan.

Zaharlanish sabablarini o‘rganish borasida o‘tkazilgan dastlabki epidemiologik surishtiruvlarda barcha bemorlar Samarqand shahar, Registon ko‘chasida joylashgan «Mo‘jiza» restoranida 14 sentabr kuni kechki vaqtda o‘tkazilgan to‘ydan so‘ng ortib qolgan go‘sht va assorti mahsulotlarini uylariga olib kelishgan hamda bu taomlarni joriy yilning 15 sentabr kuni tushlikda va kechki ovqatda iste'mol qilishgan».

Ko‘proq yangiliklar: