O‘zbekistonda joriy yil 17 yoshgacha qizlar o‘rtasida 50ta erta tug‘ruq holati qayd etilgan

Jamiyat 07:49 / 17.09.2019 19856

O‘zbekistonda joriy yilda 17 yoshgacha qizlar o‘rtasida 50 ta erta tug‘ruq holati qayd etilgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bundan tashqari, xabarda 6 mingdan ortiq yosh oilalar ajrimi qayd etilgani aytiladi. 

Bildirilishicha, yoshlarni tarbiyalashda oilaning o‘rni susayib borayotgani, yosh yigit-qizlar oila qurish, erta nikoh haqida umuman tushunchaga ega emasligini bunga sababdir.

Yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olishda asosiy omil – ularning samarali bandligini ta'minlash borasida ham qator kamchiliklar mavjudligi ma'lum qilindi. 

“Yoshlarni munosib ish bilan ta'minlash, jumladan, ular uchun barqaror hamda istiqbolli ish o‘rinlarini yaratish, yoshlarning mehnatga oid huquqlariga ish beruvchilar tomonidan rioya etilishi ustidan qat'iy nazoratni yo‘lga qo‘yish taqozo etiladi. Zotan, har yili mamlakat mehnat bozoriga ta'lim muassasalarini tamomlagan qariyb 450 ming yosh o‘g‘il-qiz kirib kelmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: