Sportchi yugurishdan to‘xtab, jarohat olgan raqibini marragacha olib bordi (video)  

Sport 08:40 / 15.09.2019 15755

Tailandda yugurish bo‘yicha musobaqada yengil atletikachi jarohat olgan raqibini marragacha olib bordi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari uning bu olijanob ishini yuqori baholashdi.

Video CGTN telekanalining YouTube-kanalida e'lon qilindi. 

Voqea Bangkokda o‘tgan Thailand Championship musobaqasida yuz bergan. Sportchilar 10 km masofaga yugurish bo‘yicha musobaqalashishgan.

Videoda sportchilardan biri finish chizig‘i oldida oyog‘ini jarohatlab olgani va hattoki o‘rnidan tura olmayotganini ko‘rish mumkin. Shunda boshqa sportchi yugurishdan to‘xtab, raqibi yoniga kelib, unga ko‘tarilishga yordam bergan. U jarohat olgan sportchini qo‘ltiqlab, marragacha olib borayotganda boshqa sportchilar ham yordamga kelishgan. 

“Bu odam o‘z urinishini boy berishini va bu keyinchalik uning faoliyatiga ta'sir qilishini bila turib, bir soniyaga ham ikkilanmadi”, deb yozgan video muallifi o‘z izohida.

Sportchining bu ishini ko‘plab foydalanuvchilar olqishlashgan. 

Ko‘proq yangiliklar: