O‘zbekiston yosh xokkeychilari jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi
18 yoshgacha bo‘lgan xokkeychilar jahon chempionati III divizioni B guruhida g‘alaba qozondi.

Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston U18 o‘smirlar terma jamoasi tarixda birinchi marta jahon chempionatida ishtirok etdi.
Tailandda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining III divizion B guruhi o‘yinlari o‘zbekistonliklar uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
O‘zbekiston o‘smirlari hal qiluvchi bahsda Tailandni 3:2 hisobida mag‘lub etib, jahon chempionati III divizion A guruhi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bundan oldingi o‘yinlarda o‘zbekistonliklar Janubiy Afrikani 12:0, Lyuksemburgni 12:1, Turkmanistonni 8:2 va Bosniyani 11:3 hisobida yenggan edi.
O‘zbekiston U18 terma jamoasiga latviyalik Normunds Seyyeys bosh murabbiylik qildi.
Rustam Ergashev turnirning eng yaxshi darvozaboni bo‘ldi. Jasurbek Rustamxonov eng yaxshi hujumchi deb topildi, uning hisobida 14 ta gol va 8 ta assist bor. Musobaqaning eng sermahsul hujumchisi turkmanistonlik Sultonhamit Vahitov bo‘ldi – 17 ta gol va 7 ta assist.
Mavzuga oid

22:32 / 27.02.2025
Tailand hukumati mamlakatga keluvchi barcha sayyohlar uchun soliq joriy etadi

20:27 / 24.02.2025
Tailandda og‘ir tan jarohati olgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

15:40 / 12.02.2025
Tailandda 85 yoshli ayol o‘z dafn marosimida hushiga keldi

22:01 / 03.02.2025