Qashqadaryoda davlat arxivlari tizimi tashkil topganining 100 yilligi nishonlandi

Jamiyat 18:30 / 15.09.2019 3350

Qashqadaryoda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2019 yil 5 avgustda tasdiqlangan «O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganining 100 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbir rejasi» ijrosi doirasida O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganining 100 yilligi nishonlandi.

Qashqadaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida va viloyat davlat arxivi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda viloyat xokimi Zafar Ro‘ziyev, viloyatdagi  tashkilot va  muassasalar rahbarlari ishtirok etdi. 

Tadbir ishtirokchilari Arxiv hujjatlar ko‘rgazmasi zalida tashkil etilgan hujjatlar va surat hujjatlar ko‘rgazmasi bilan tanishishdi.

Tadbirda O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganining 100 yilligi munosabati bilan arxiv ishi sohasida alohida namuna ko‘rsatgan soha faxriylari va arxivchilar, 101 yoshga kirgan Rahmat bobo Tursunovga estalik sovg‘alari topshirildi.

Viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev viloyat arxivchilarini qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

Ko‘proq yangiliklar: