«Yergeodezkadastr» qo‘mita raisi:  amnistiya doirasida bir millionga yaqin ariza tushgan, 500 ming fuqarolarga egalik huquqi berildi

Jamiyat 19:00 / 14.09.2019 13708

Kun.uz O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (Yergeodezkadastr) hamda uning faoliyati, sohada olib borilayotgan ishlar va yechimini kutayotgan muammolar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi «Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi raisi Abdushukur Hamidovich Abdullayev bilan suhbat qildi.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

Qo‘mita raisi suhbat davomida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida 1700 gektardan oshiq ekin ekiladigan yer maydonlari tomorqa va boshqa obektlar qurish uchun aholiga pullab yuborilgan holat va Vazirlar Mahkamasining 461-qaroriga asosan Respublika bo‘yicha qancha fuqarolarga egalik huquqi berilgania haqida ham gapirib o‘tdi.

«Yaqinda bu holat bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Holat o‘rganib chiqildi. Aslida bunaqa son bo‘lib chiqmadi. 285 gektar yer qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida berilgan. Faqat bir joyda issiqxona qurilishi boshqa bir joyda esa muzxona qurilishiga berilgan. 27.5 gektar haqiqatdan ekin yeri hisoblangan yer boshqa maqsadlarda berib yuborilgan. Bu holat bo‘yicha prokuratura protesti kiritilib, jarayon to‘xtatilgan. Ayrim mutasaddilarga nisbatan ish ko‘rib chiqilyapti, lekin jinoyat ishi ochilmagan. Kadastr sohasi, ya'ni bizning sohamiz bu holatni chuqur o‘rganib chiqdi. Bu holat bo‘yicha bizning xodimlarimizni umuman aloqasi yo‘q.

Shuningdek, yaqinda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga nisbatan bir martalik aksiya yoki amnistiya e'lon qilindi. Agarda birovning yerini egallamagan bo‘lsa, himoya zonalariga tushmagan bo‘lsa, uzoq yillar davomida yashab kelgan fuqarolarga Vazirlar Mahkamasining 461 sonli qarori bo‘yicha bir martalik aksiya o‘tkazildi va ularga imkon berildi. Qarorga muvofiq butun respublikada bo‘yicha ilgari yeriga egalik huquqi bo‘lmagan 500 ming nafar fuqarolarga egalik huquqi berildi. Qariyb bir millionga yaqin ariza tushgan. Yana ayrim qismi bor. Ular hozir jarayonda. Shu yerda bir holat bor. Ko‘pchilikda «kadastr uy-joyimning hujjatini qilib berish uchun oldi, lekin oxirigacha qilmadi» degan tushuncha bor. Aslida o‘sha joyni chiqib o‘rganish kadastrga topshirilgan. Kadastr xodimlari o‘zboshimchalik bilan qurilgan binosini, yerini borib ko‘radi va shu bo‘yicha xulosa qiladi. Shundan so‘ng o‘sha joydagi bo‘lgan xatlovni tuman komissiyasiga beradi. Tuman komissiyasi ko‘rib chiqib, ijobiy xulosa bersagina tuman hokimiga chiqariladi. Hokim keyin egalik huquqi berilishi bo‘yicha qaror qabul qiladi. Mana shu jarayon cho‘zilgan holatlari komissiyalarda turibdi. Yoki komissiyalar xulosasini bergan, hokimlar qaror qabul qilishni to‘xtatib turgan holatlar bor. Fuqaro kadastr cho‘zib yuribdi, deb o‘ylaydi. Fuqarolarning 80-85 fozida shunaqa holat. Aslida bu holatda kadastrning hech qanday aloqasi yo‘q », deydi qo‘mita raisi.

Suhbatni to‘liq shaklda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: