O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2019 yilning 8 sentabr kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan shu shaharning Mustaqillik ko‘chasida tadbir o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma'lumotida aytilishicha, unda 1978 yilda tug‘ilgan Q.S. 1 kg. 791 gr. marixuana giyohvandlik vositasini olib ketayotgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.