Jo‘natmalardagi psixotrop moddalar manziliga yetib bormadi

Jamiyat 12:42 / 14.09.2019 2918

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jo‘natish taqiqlangan. Ammo, shunga qaramay, pochta jo‘natmalari orqali tarkibida psixotrop va narkotik moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini jo‘natish holatlari tez-tez uchramoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tarkibida psixotrop va giyohvandlik moddalari mavjud bo‘lgan dori vositalarining respublikamizga noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklarini fosh qilishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

 Jumladan, “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan fuqarolar V.M. va O.T. nomiga yuborilgan pochta jo‘natmalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, tarkibida psixotrop moddasi mavjud bo‘lgan 30 dona “Zolpidem” hamda 60 dona “Fenazepam” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

 Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: