«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ jamoasi XVI xalqaro malaka oshirish tanlovida ishtirok etadi

Jamiyat 21:13 / 13.09.2019 3242

2019 yil 14-25 sentabr kunlari Qizilo‘rda shahrida (Qozog‘iston Respublikasi) Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari elektr energetikasi xodimlari o‘rtasida XVI Xalqaro malaka oshirish tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda O‘zbekiston Respublikasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi ham ishtirok etadi.

Tanlovning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

• 110 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning kasbiy tayyorgarligi darajasini takomillashtirish va MDH davlatlarining milliy energiya tizimlarini baholash.

• xavfsizlik madaniyatini oshirish,

• 110 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida xizmat ko‘rsatishda xodimlarning malakasi, ish sifati va xavfsizligini oshirish, shikastlanishlarni kamaytirish,

• yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qilish va ta'mirlash ishlarining eng yaxshi tajribalari bilan almashish,

• musobaqalarda ishtirok etayotgan davlatlar energetiklarining an'anaviy kasbiy aloqalarini mustahkamlash.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ jamoasiga omad tilaymiz!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: