Toshkentda ayrim yo‘nalishli taksilarning harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi 

Jamiyat 12:33 / 11.09.2019 5539

2019 yilning 10 sentabr sanasidan 18, 43, 72 va 166-yo‘nalishli taksilarning harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.

18-sonli “Qo‘yliq-2 mavzesi va "Do‘stlik" metrosi” AShB oralig‘ida qatnovchi yo‘nalishli taksining oxirgi bekati “Mashinasozlar"  metrosidagi AShBgacha uzaytirildi va yo‘nalish 18-sonli "Qo‘yliq-2 mavzesi -  "Mashinasozlar" metrosi” oralig‘ida qatnovchi taksi yo‘nalishi deb nomlandi.

43-sonli “Humoyun mavzesi - "Do‘stlik" metrosi” AShB yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘nalishli taksining qatnov masofasi qisqardi va uning oxirgi bekati “Mashinasozlar" metrosi yonidagi AShB deb belgilandi.

72-sonli "Aviasozlar" AShB - "Do‘stlik" metrosi” AShB oralig‘ida qatnovchi yo‘nalishli taksining oxirgi bekati ham o‘zgardi. Endi u ham “Mashinasozlar" metrosidagi AShBgacha boradi. 

66-sonli "Tuzel" mavzesi - "Do‘stlik" metrosi” AShB yo‘nalishida qatnovchi yo‘nalishli taksi ham endi “Mashinasozlar" metrosi AShBgacha bo‘lgan oraliqda qatnaydi.

Ko‘proq yangiliklar: