Sohada korrupsiyaga barham berish uchun Bosh prokuratura bilan «yo‘l xaritasi» ishlab chiqildi - Qurilish vaziri o‘rinbosari
O‘zbekiston bugun ulkan qurilish maydoniga aylangan. Qurilish sohasida bo‘layotgan yangiliklar, soha oldiga qo‘yilgan vazifalar, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari haqida Qurilish vazirining o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Rahmatjonovich Hoshimov bilan suhbatlashdik.
«Qurilishda korrupsiya va tashmachilikning oldini olish, sifatning yo‘qolishini bartaraf etish qurilishda ishlovchi xodimlarning, nazoratchilarning maoshlarini oshirish masalalari ko‘rib chiqilmoqdami?» degan savolga vazir o‘rinbosari shunday javob berdi:
— Ochiq aytishimiz kerak, bugungi kunda buyurtmachi xizmati institutini o‘z o‘rniga qo‘yib, rivojlantirishimiz kerak. Chunki qurilishdagi asosiy «dirijyor» — buyurtmachi hisoblanadi. Buyurtmachi qurilishning loyihasidan tortib, uni foydalanishga topshirish uchun mas'ul.
Bugungi kunda buyurtmachi xizmatini kadrlar bilan ta'minlash, ularning texnik bazasini mustahkamlash, tegishli nizomlarni ishlab chiqib, obektlarda buyurtmachi tomonidan to‘laqonli nazoratni joyiga qo‘yadigan bir hujjat ishlab chiqishga ehtiyoj bor, nazarimda.
Ikkinchi masala — qurilish sohasidagi buyurtmachilarning iqtisodiy nuqtai nazardagi masalalarini yechish uchun tegishli asoslarini ham qayta ko‘rib chiqish kerak.
Agar qilinadigan ishlar hajmi ko‘paysa, ular zarur miqdorda texnik-nazorat xodimlarini ishga qabul qilish imkoniyatiga ega. Buyurtmachilarning xarajatlari, degan tushuncha bor, shuni hisob-kitob qilishda biroz yuzaki yondashishadi. Iqtisodiy jihatdan masalaga yuzaki yondashgani uchun ularda disbalans paydo bo‘ladi. Ya'ni, ishni qilish kerak, biroq uning iqtisodiy asosi yo‘q. Bularning barchasini bir-biri bilan chambarchas bog‘lab, ish aql-idrok bilan to‘g‘ri tashkillashtirilsa, bu muammolarning barchasini yechish mumkin, — deydi Shuhratxo‘ja Hoshimov.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari quruvchi institutining iqtisodiy, tashkiliy tuzilma masalalari, ular tomonidan olib borilayotgan ishlarni bir tizimga solish kerakligini ta'kidladi. Bunda barchasi qabul qilingan qonunchilik me'yoriy hujjatlari doirasida va hisob-kitoblar bilan asoslantirilgan bo‘lishini aytib o‘tdi.
Davlat mablag‘lari evaziga olib borilayotgan qurilish ishlarini shaffoflashtirish mexanizmini joriy etish masalasida Shuhratxo‘ja Hoshimov shunday dedi:
— Avvaldan o‘zbek mentalitetida oilani halol luqma bilan boqish, mas'uliyatni his qilish, ishga nisbatan hurmat va ishlash madaniyati kabi jihatlar bo‘lgan. Bunga isbot — yurtimizdagi bir necha asrlar muqaddam qad rostlagan binolar hanuz barchani hayratga solib kelmoqda. Bu o‘sha paytlar qurilish madaniyati, saviya nechog‘lik yuqori bo‘lganidan dalolat beradi.
Bugungi kunda qurilishda chindan ham korrupsiya hosil qiluvchi omillar bor, bundan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida vazirligimiz keng jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi. Qurilish sohasida korrupsiyaga chek qo‘yish maqsadida Bosh prokuratura bilan «yo‘l xaritasi» ishlab chiqildi.
Unda, birinchi navbatda, qurilish sohasidagi qaysi yo‘nalishlar va masalalar korrupsiyaga moyilligi, uni bartaraf etish uchun nima ishlar qilish kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu borada xorijiy ekspertlarni jalb qilish va jahon amaliyotidagi tizimlarni joriy etish choralari belgilangan. Masalan, «Yo‘l xaritasi»da «kompleans nazorati» degan tushuncha ham kiritilgan. Nemis sanoatchisi, muhandis va ixtirochi Robert Bosh «Adolatli va vijdonli biznesning umri uzoq bo‘ladi», deb aytgan ekan.
Shaffoflik haqida gapiradigan bo‘lsam, qurilishga ruxsat berish masalalarida elektron tizimni ko‘proq joriy etish. Yer uchastkasi ajratish masalalarini auksion orqali olish, soddalashtirish va bosqichlarni optimallashtirish kabilar. Qurilish nazoratini amalga oshirayotganda manfaatlar to‘qnashuviga barham berish, joylarda bosh rejalarni amalga oshirishda keng jamoatchilikni jalb qilgan holda ishlash ham shular jumlasidandir.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

10:55 / 15.03.2025
Qurilish vazirligi huzurida "Issiqlikta’minoti" AJ tashkil etiladi

23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi

13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

12:21 / 05.03.2025