«Ipak Yo‘li» banki yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan 5 mln AQSh dollarlik shartnoma imzoladi

Jamiyat 14:30 / 11.09.2019 4200

AITB Ipak Yo‘li va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida imzolangan shartnoma O‘zbekistondagi kichik korxonalarga yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish mexanizmiga (GEFF) yo‘l ochib, energiya samaradorligini va qayta tiklanadigan energiya manbalariga sarmoya kiritishi imkoniyatini yaratdi.    

Ushbu mexanizm kichik va xususiy korxonalarga energiya sarfi, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga mo‘ljallangan texnologiyalarni, shuningdek, iqlim o‘zgarishga moslashish va uning ta'sirini kamaytira oladigan texnologiyalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratadi. 

Ipak Yo‘li banki GEFF doirasida YeTTBning birinchi sherik bankiga aylandi, hamda xususiy kompaniyalarga kredit ajratish uchun o‘zbek so‘mi ekvivalentida 5 mln AQSh dollariga teng kredit liniyasini jalb qildi. Mablag‘lar energiya tejaydigan uskunalar, issiqlik izolyatsiyasi, fotoelektrik quyosh panellari, geotermal issiqlik nasoslari va suvni tejaydigan sug‘orish tizimlari kabi yashil texnologiyalarga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu kredit liniyasi doirasida loyiha tashabusskorlariga energiya samardorligi sohasidagi xalqaro ekspertlarning bepul maslahatlari taqdim etiladi, bu esa Ipak yo‘li banki mijozlariga o‘z korxonalarida ilg‘or xalqaro tajribani joriy etishga imkon beradi. 

Shuni ham ta'kidlash lozimki, YeTTB kredit liniyasining asosiy afzalliklaridan biri muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalarning tashabbuskorlariga maqbul loyiha kredit miqdorining 10 dan 20 foizigacha miqdorida grant mablag‘lari berilishidir.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: