Genesys: Toshkentda propiska olishning sodda va qonuniy uslubi

Jamiyat 09:00 / 11.09.2019 42908

Toshkent – aksariyat o‘zbekistonliklar uchun yaxshi hayot uchun umiddir. Aniqrog‘i, poytaxtdan tashqari yashovchilar uchun. Ammo ularni shaharga nima rom etadi va uning to‘laqonli yashovchisiga aylanishning iloji bormi? Masala yechimini topishga harakat qilamiz.

Toshkentda yashash – ushalmas orzumi?

Ota-onalarni asosan nima bezovta qiladi? Albatta, farzandlarining kelajagi. Nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda ota-onalar o‘z vorislarining baxtli va badavlat hayotini ta'minlash yo‘lida bel bog‘lashadi.

Ba'zilar moliyaviy barqarorlikka tayanadi. Toshkentdagi vaqtincha yoki doimiy ish joy, o‘z oilasini yaxshiroq boqish imkoniyatini beradi. Boshqalar esa oliy ma'lumotga ishonadi. Nufuzli oliy o‘quv yurtida tahsil olish, yuqori maoshli ishga joylashish yoki biznes yaratishga poydevor bo‘ladi. Poytaxt o‘quv muassasalari bu borada raqobatdan yiroqdir. Ammo Toshkent shahrida tug‘ilmagan fuqarolarning poytaxtda o‘qish va yashash sari yo‘lini yengil deb bo‘lmaydi.

Asosiy to‘sqinlar – uy joy ijarasi va propiska. Ijaradagi xonadon to‘lovi oylik maoshning yarmi, ba'zilarda esa ortig‘ini tashkil etishi mumkin. Shu bilan birga – Toshkent propiskasi yo‘qligi. Bu vaqtincha propiskani har yarim yilda uzaytirish, mutasaddilar tomonidan doimiy nazorat kabi noxush holatlarga olib keladi. Barcha ham bunday yuklamalarga bardosh bera olmaydi.

Ammo, yagona to‘g‘ri qaror shu kabi muammolarni bartaraf etsa-chi?

Qayta ro‘yxatdan o‘tish va ijarachilarga tobe bo‘lmasdan poytaxtning baxtli yashovchisiga aylanish yo‘li – mavjud.

Toshkentda propiska bilan xonadon xarid qilsa bo‘ladimi?

Investitsiya evaziga fuqarolik haqida eshitganmisiz? Bunda davlat iqtisodiyotiga ma'lum miqdorda pul mablag‘ini kiritgan holda, uning fuqarosiga aylanish mumkin. Karib havzasi mamlakatlari shu orqali o‘zlarining moliyaviy ahvollari va infrastrukturani yaxshilaydilar. Shu kabi «kiritishlar» turizm, ta'lim, sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirishga zamin yaratadi.

Toshkentda ko‘chmas mulk xaridorlariga propiskani taqdim etish, fuqarolik olishdagi sarmoya kiritishga o‘xshatish mumkin. Xaridor o‘z mablag‘iga istaganiga, ya'ni xonadon va propiskaga erishadi. Davlat esa o‘z navbatida budjetni to‘ldirish manbasiga ega bo‘ladi. Qurilish sohasi va ko‘chmas mulk bozori iste'molchilar talablariga javob berishga intila boshlaydi.

Mexanizm qanday ishlaydi?

Har qanday davlat dasturi kabi, Toshkent shahrida ko‘chmas mulk xarid qilganlar uchun propiskani taqdim etish tizimi o‘zining qoidalari va unsurlariga egadir.

Dastur 2017 yilda boshlanib, bir yildan so‘ng Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018 yildagi 845 sonli qarori bilan ba'zi o‘zgartirishlarga duch keldi. Hususan, uy-joyning eng past qiymatiga bo‘lgan cheklov bekor qilindi. Bungacha, ko‘chmas mulkning minimal narxi eng kam ish haqining 2500 baravarini tashkil etar edi.

Shu bilan birga, ko‘chmas mulkning faqat yangi qurilganini xarid qilish talabi qoldi. Shuningdek, oldi-sotdi kelishuvini tasdiqlash uchun majburiy davlat to‘lovi kuchda qoldi. Uning miqdori kelishuv qiymatining 5 foiz, ammo eng kam ish haqining 10 baravari (2 027 300 so‘m)dan oshmasligi kerak.

Ushbu qoidalarga amal qilgan holda, xaridor uy-joy xarid qilgandan so‘ng turar joy egasi sifatida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida propiska olish uchun hujjatlarini topshirishi mumkin.


Ushbu qonun asosida propiska olgan fuqaro, poytaxtda xarid qilingan xonadonda quyidagi shaxslarni ham propiskadan o‘tkazish huquqiga ega:

er/rafiqa va ularning o‘z oilasiga ega bo‘lmagan farzandlari, hamda o‘zaro va (yoki) oldingi turmushdan qolgan voyaga yetmagan farzandlar, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilmagan va boqib olingan farzandlar (2011 yil 14 sentyabrdagi O‘RQ-296 ga asosan).


Ya'ni siz, ma'lum bir yaqinlaringizni va oilangizni Toshkentga olib kelish niyatingiz bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida turar joy va poytaxtda propiskaga ega bo‘lishingiz mumkin. Uy-joy darhol o‘zingizniki bo‘ladi – ijara uylarida sarson bo‘lmaysiz. Yangi uyda o‘z oila a'zolaringizni ham propiskaga kiritish mumkin.

Qanday turar joy majmualari e'tiborga loyiq?

Qulayliklar bilan yashash uchun tumanni sinchiklab tanlang. Hudud infrastrukturasi rivojlangani uy qayerda joylashganiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Masalan, TJM Sultania Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 10 manzilida joylashgan – bu shaharning ayni markazi. Bu yerda istiqomat qiluvchilar orasida mashhur shaxslarni ham uchratish mumkin. Oddiy xonadonlardan tashqari bu yerda derazasidan ajoyib manzara ko‘rinib turadigan pentxauslar ham mavjud.  

E'tibordan chetda qolmaydigan tarafi shundaki, bunday turar joylar juda yaxshi qo‘riqlanadi. Shuning uchun ham oilangiz xavfsizligidan xavotir olmasangiz ham bo‘ladi. Yer osti avtomashina turargohi mavjudligi sababli, uylarning oldi tomoni estetik va bo‘sh holatda turadi. Bolalaringiz bilan bemalol sayr qilishingiz mumkin.


Sentabr oyidan noyabr oyi oxirigacha Genesys kompaniyasi Sultania xaridorlari uchun 7/7 aksiyasini o‘tkazadi.

1 sentyabrdan 15 oktyabrgacha Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm, Navoiy Toshkent viloyati va Toshkent shahridan bo‘lgan mijozlar uchun 7 foizlik chegirmalar mavjud.

16 oktabrdan 30 noyabrgacha Andijon, Jizzax, Namangan, Surxandaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi uchun 7 foizlik chegirmalar mavjud.

OAVda 2019 yilning oxirigacha doimiy ro‘yxatga turish haqidagi ma'lumotlar tez-tez o‘zgarib turadi. Ba'zi insayderlar ko‘chmas mulk sotib olinganda ro‘yxatga turishning yangi mexanizmlari joriy etilishi haqida aytishmoqda. Boshqalar esa bunday tartib bekor qilinishi haqida so‘zlaydi. Doimiy ro‘yxatga turish umuman yopib yuborilishi haqida ham gaplar bor.

Bu tartib qanday tezlik bilan o‘zgarayotganini ko‘rib o‘z qaroringizni kechiktirmang. Undan tashqari ko‘chmas mulk uchun bunday chegirmalarni birlamchi kompaniyalar taklif qilayotgan bir paytda!

Batafsil ma'lumotlarni saytimizdan genesys.uz/sultania va 71 200-61-16 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

 

 

Ko‘proq yangiliklar: