Farg‘ona viloyatida MIB Quva tuman bo‘limi davlat ijrochisi O‘.T (1997 y.t.) qarzdor M.X.dan (1986 y.t.) aliment undirish haqidagi qaror ijrosini ta'minlash maqsadida uning yashash xonadoniga borgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu vaqtda fuqaro MIB xodimining faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, temir jism bilan uning oyog‘iga urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 10 sentabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan M.X.ga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.
Bundan oldin, Farg‘onada MIB xodimini urgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.